TOShKENT, 19 dek – Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yilning 1-fevralidan boshlab alohida xo‘jalik subyektlariga mamlakatga oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish sohasida oldin berilgan bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar bekor qilinadi, deyilgan Bosh prokuratura tomonidan tayyorlangan yangi prezident farmoni loyihasida.
Hujjatda qayd etilishiga ko‘ra, alohida xo‘jalik subyektlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari importini monopollashtiruvi, ayrim mahsulot turlari bo‘yicha berilgan ustuvorlik huquqlari mamlakatda nosog‘lom raqobat, sun’iy taqchillik va oqibatda — narxlar oshishiga olib kelmoqda.
Bugungi kunda hosil bo‘lgan shunday vaziyat, O‘zbekistonning ishbilarmonlik faolligi va investitsion jozibadorligini kamaytirmoqda va shu bilan birga xalqaro maydonda mamlakat obro‘siga putr yetkazmoqda, deyilgan hujjatda.
Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish davlat Yagona portalida chop etilgan yangi prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, kelajakda oziq-ovqat sohasida, mamlakat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni sifatli va xavfsiz mahsulot bilan to‘ldirish maqsadida, quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
1. 2018-yilning 1-fevralidan boshlab, oziq-ovqat importi sohasida alohida xo‘jalik subyektlariga berilgan barcha shaxsiy, bojxona va soliq imtiyozlari bekor qilish;
2. Kelajakda Vazirlar Mahkaasi tomonidan alohida shaxslarga bunday imtiyoz va ustuvorlik berish ta’qiqlash;
3. 2018-yilning 1-fevralidan boshlab, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha oziq-ovqat mahsulotlarini Ichki bozorda narxlarni barqarorlashtirish Fondi mablag‘lari evaziga sotib olishni ta’minlash;
4. Davlat strategik zahiralarida saqlanayotgan, yangilanish vaqti kelgan oziq-ovqat mahsulotlarini, faqat elektron savdo tizimi orqali, tovar-xosh-ashyo birjalarida ochiq-oydin sotuvga chiqarishni ta’minlash;
5. 2018-yil davomida O‘zbekiston ichki bozoriga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchi korxonalarni topish, ularning faoliyati uchun sharoit yaratish;
6. Respublikaning barcha viloyatlarida, davlat-xususiy hamkorlik asosida ixtisoslashgan omborxonalar sovutish kameralari qurish, yuqori texnologiyali qayta ishlash va qadoqlash aspob-uskunalari sotib olish;
7. Tovar birjalarida iste’mol mollari sotish, sotib olishga bo‘lgan ta’qiqlar bekor qilish;
8. Ochiq elektron birjalarda mahsulot sotib olish, ulgurji savdo qilish uchun litsenziyalarni bekor qilish;
9. Ichki bozorda narxlarni barqarorlashtirish Fondi tomonidan oziq-ovqatlari mahsulotlari sotib olish rejalari har oy batafsil e’lon qilib borish;
10.Axborot texnologiyalari vazirligi va boshqa aloqador muassasalar 2018-yilning 15-yanvariga qadar Mahsulot xom-ashyo birjalari tomonidan foydalanilayotgan dasturlarni takomillashtirib, u yerdagi ma’lumotlarni rus, xitoy va ingliz tillarida bo‘lishini ta’minlash, hamda elektron savdo jarayonining xavfsizligini ta’minlash;
11.O‘zbekiston Bosh prokurturasiga chegara orqali o‘tayotgan barcha mahsulotlar uchun bojxona va boshqa rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish, soddalashtirish choralari ishlab chiqish;
12.Tadbirkor subyektlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqot o‘rnatish, ulardan tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliqlar qabul qilish;
13.Sun’iy to‘siqlar ortiqcha yugur-yugur holatlariga yo‘l qo‘ymaslik haqida Davlat Bojxona tizimining barcha hududiy bo‘linmalari rahbarlarini o‘ta jiddiy ogohlantirish;
Yangi farmon loyihasi 2018-yilning 5-yanvariga qadar Portalda muhokamada bo‘ladi. Uning yakuniy ko‘rinishi 15-yanvardan boshlab kuchga kirishi rejalashtirilmoqda.