TOShKENT, 8 noya – Sputnik. O‘zbekistonda 2017-yilning birinchi yarim yilligida 2016-yilning mos davriga nisbatan oziq-ovqat tovarlari narxlarining o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasining bildirishicha, yaqqol inflyatsion jarayonlar oziq-ovqat tovarlari dinamikasida o‘zini namoyon qildi, bunda o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 0,8 foizni, 2017-yilning birinchi yarim yilligida 7,6 foizni tashkil etdi.
Xizmatlarga tariflar 2017-yilning sentabr oyida 2016-yilning dekabr oyiga nisbatan 7 foizga, o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati esa 0,8 foizga qimmatlashdi.
2017 yilning 9 oyligida 2016-yilning mos davriga nisbatan narxlarning birmuncha tez o‘sishi tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash faoliyati tovarlari narxlarining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, yil boshidan narxlar 13,6 foizga oshgan.
Narxlarning birmuncha keskin ko‘tarilishi 2017-yilning iyun oyi holatiga to‘g‘ri keladi (10,3 foizga), bunga Moliya vazirligining reyestriga asosan xom neft va tabiiy gaz va kondensat narxlari o‘zgarishi sabab bo‘ldi.
2017 yilning yanvar-sentabrida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tariflari 5,8 foizga oshdi (o‘rtacha oylik o‘sish 0,6 foiz). Issiqlik energiyasi 13,4 hamda elektr energiyasiga tariflarning 6,9 foizga, shuningdek, gaz va yerosti gaz infratuzilmasi 7,5 foizga va gazsimon yoqilg‘i quvurlar orqali yetqazib berish xizmatlari 4,5 foizga kamaydi.