Toshkent bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining cheklangan narxlari belgilandi

© Novosti UzbekistanaNa odnom iz tashkentskix bazarov
Na odnom iz tashkentskix bazarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Potrebitel.uz mahsulotlar ko‘rsatilgan narxlardan qimmat sotilayotgan holatga guvoh bo‘lgan fuqarolardan darhol bu haqda xabar berishlarini so‘ramoqda

TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Toshkent bozorlarida mahsulotlarning ayrim turlariga cheklangan narxlar o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

Goroda Mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dexqon bozorlaridan olibsotarlarni yo‘qotish yo‘li topildi

Ro‘yxat Toshkent shahri hokimi Rahmonbek Usmonov hamda mutasaddi qo‘mita va tashkilotlar rahbarlari tomonidan imzolangan. Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Potrebitel.uz jamiyatiga ushbu hujjat nusxasini jo‘natgan.

Hujjatga muvofiq, bozorda kartoshkaning 1 kilosi narxi 3 ming, piyozning narxi 2 ming, sabzi narxi 1,5 ming, guruch narxi 3600 (alanga) va 6500 (lazer) so‘mdan oshmasligi lozim.

Mol go‘shtining maksimal narxi – 33 ming, qo‘y go‘shtiniki 34 ming, tovuq go‘shtining 1 kilosi 18 ming so‘m qilib belgilangan. Sazan, oq amur baliqlarining kilosi 15 ming, ola-bula tolstolobik – 13 ming, tolstolobik 8 ming so‘mdan oshmasligi kerak. Tuxumning bir donasi 500 so‘mdan ortiqqa sotilmasligi lozim.

Shu munosabat bilan Potrebitel.uz mahsulotlar ushbu hujjatda ko‘rsatilgan narxlardan qimmat sotilayotgan holatga guvoh bo‘lgan fuqarolardan darhol bu haqda xabar berishlarini so‘ramoqda.

Yangiliklar lentasi
0