O‘FF qarorini “axmoqona” degan Abramov – litsenziyasidan mahrum bo‘ldi

© fcneftchi.uzVadim Abramov
Vadim Abramov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘FF qabul qilgan qarorlar yuzasidan o‘z fikrlarini OAV orqali bildirgan Vadim Abramov, federatsiya tomonidan “futbolga aloqador har qanday faoliyatdan” noma’lum muddatga chetlatildi.

TOShKENT, 17 dek – Sputnik. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi 16-dekabrda 9-sonli qarori bilan “Neftchi” futbol klubi bosh murabbiyi Vadim Abramovni “futbolga aloqador har qanday faoliyatdan” noma’lum muddatga chetlatdi.

Sovetskiy futbolist, trener Vadim  Abramov - Sputnik O‘zbekiston
Vadim Abramov "Neftchi" bosh murabbiyiga aylandi

“O‘zbekiston futbol federatsiyasi Intizom kodeksining 5.41-bandiga binoan, O‘FF va O‘zPFL hamda ularning rasmiylari sha’niga nisbatan noto‘g‘ri fikrlar bildirganligi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha keng jamoatchilik o‘rtasida nosog‘lom fikrlar vujudga kelishiga sabab bo‘layotganligi uchun”, — deyilgan qaror matnida.

Qaror e’lon qilingandan biroz  o‘tib OAV vakili bilan bo‘lgan suhbatda, Abramov, aslida nima sababdan uni chetlatishganini bilmasligini aytdi. Bosh murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, balkim bunga O‘FFning ba’zi qarorlariga nisbatan norozilik bildirgani sabab bo‘lsa bo‘lsa kerak, deb gumon qildi bosh murabbiy.

Futbolnie machi - Sputnik O‘zbekiston
O‘FF murabbiylar, hakamlar va federatsiya xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi

Ha, shundaymi? Biz — futbol kishilarimiz. Futbolda har kimning o‘z fikrini aytishga haqqi yo‘qmi? Kecha PFLda yig‘ilish bo‘ldi. Unda men ham qatnashdim. Bir-ikkita gapga o‘z munosabatimni bildirdim. Eshitgan bo‘lsangiz kerak, keyingi yil oliy va birinchi ligada o‘ynash uchun futbolchilar normativ topshiradi. Normativ juda murakkab tuzilgan, uni hatto Bobbi Charlton ham topshirolmasdi. Men PFLning ba’zi qarorlari bo‘yicha o‘z fikrimni aytdim, balki bironta gapim yoqmagan bo‘lishi mumkin”, — dedi Abramov Championat.asia muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun oldin Abramov O‘FF tomonidan kelasi yilda Oliy ligada 12ta jamoa qolishi haqidagi qarorga nisbatan ham o‘zining keskin noroziligini bildirgan edi. Murabbiy fikriga ko‘ra, bunday g‘oyani uning o‘zi ham, bir necha yil oldin, stadionlar va jamolar soni kam bo‘lgan vaqtda qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsada, bugungi kunda — bu noto‘g‘ri.

Prezident Federatsii futbola Uzbekistana Umid Axmadjanov - Sputnik O‘zbekiston
Federatsiyaning 90 foiz xodimi almashadi - O‘FF prezidenti

"O‘tgan 9-yil ichida 9ta yangi stadion barpo etildi. Bu stadionlar kimlar uchun qurildi?
Hamma narsani yaxshi va yomon taraflari bo‘ladi. Buni yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. Ahmoqona ishlarni qilmaslik kerak. Hamma narsani yaxshi tomonlarini olish kerak. Biz hamkorlikda ishlashga tayyormiz. Buni bir stol atrofida o‘tirib, maslahatlashish kerak. To‘g‘rimi? Balki biz ham biror narsalarni bilarmiz. Yordamlasharmiz", — degan edi Vadim Abramov bir necha kun oldin.

Aytib o‘tish joizki, kelasi yilgi mavsumda Oliy ligada 12ta jamoa qolgan taqdirda "Neftchi" jamoasi ushbu jamoalar orasiga kirmasligi ehtimoli juda katta. Abramovning noroziligi bir tomondan shunday tushunsa ham bo‘ladi. Lekin ikkinchi tomondan dunyoning barcha mamlakatlarida bunday keskin o‘zgarishlar haqida jamoalar kamida 1-yil oldin ogohlantiriladi va ularga jamoa strategiyasini shunga moslashtirish imkoni beriladi.

O‘zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi sobiq ustozi Vadim Abramov Farg‘onaning "neftchi" klubida 2017-yilning 1-iyunida ish boshlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0