O‘FF murabbiylar, hakamlar va federatsiya xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFutbolnie machi
Futbolnie machi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Attestatsiyadan o‘tolmagan murabbiy, hakamlar va federatsiya xodimlariga faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat berilmaydi

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. O‘zbekiston Futbol federatsiyasi respublikadagi murabbiylar, hakamlar va viloyat futbol federatsiyalari xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilishini ma’lum qildi. Aytilishicha, bundan maqsad xodimlar malakasini oshirish, o‘z kasbining mutaxassisi bo‘lgan insonlar federatsiya tarkibida ishlashini ta’minlashdir.

Attestatsiya davomida murabbiy, hakamlar va federatsiya xodimlarining kasbiy mahorati, bilimi, jismoniy holati maxsus tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan sinovdan o‘tkaziladi.

Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlar o‘z faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Attestatsiyadan o‘tolmagan murabbiy, hakamlar va federatsiya xodimlariga faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat berilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0