Federatsiyaning 90 foiz xodimi almashadi - O‘FF prezidenti

© Federatsiya futbola UzbekistanaPrezident Federatsii futbola Uzbekistana Umid Axmadjanov
Prezident Federatsii futbola Uzbekistana Umid Axmadjanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Umid Ahmadjonov Oliy liga saviyasini ko‘tarish, Tokio yo‘llanmasini qo‘lga kiritish va 2022-yilgi JChda ishtirok etish, bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish hamda muxlislarning stadionga kelishi uchun zarur sharoitni yaratib berish asosiy vazifalardan ekanligini bildirgan

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov jurnalistlarning federatsiya haqidagi savoliga javob berar ekan, "Bu masalada ish olib borilyapti va xodimlar ko‘rib chiqilyapti. Kimgadir yoqsa yoki yoqmasa ham aytaman, federatsiyaning 90 foiz xodimi almashadi", degan. Bu haqda uff.uz xabar qilmoqda.

Bundan tashqari, Ahmadjonov O‘FF oldidagi ustuvor masalalarni ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash borasida ish olib bormoqda. Shuningdek, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash boshlanib, yangi qo‘mita tashkil etilmoqda.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Terma jamoa murabbiyligiga faqat xorijlik murabbiylar nomzodi ko‘rib chiqilmoqda - O‘FF

Ustuvor masalalar orasidan urug‘-aymoqchilikka qarshi kurash va federatsiya ishini shaffoflashtirish ham o‘rin olgan.

Umid Ahmadjonov Oliy liga saviyasini ko‘tarish, Tokio yo‘llanmasini qo‘lga kiritish va 2022-yilgi JChda ishtirok etish, bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish hamda muxlislarning stadionga kelishi uchun zarur sharoitni yaratib berish asosiy vazifalardan ekanligini bildirgan.

"Agar jurnalistlar taklifi bo‘lsa, federatsiya eshiklari har doim ochiq. Shu maqsadda bu tadbirni tashkil etdik. Bunday uchrashuvlar tez-tez o‘tkazilishi kerak. Istalgan vaqtda O‘FFga kelib, o‘z taklifingizni berishingiz mumkin. Mana stadionlar huvillab yotibdi. Bu muammoni barchamiz birga hal qilishimiz kerak", degan Ahmadjonov.

Ahmadjonovning aytishicha, O‘zbekistonda ayollar va yoshlar futboli bo‘yicha chempionatlar o‘tishi mumkin. Shu bilan birga FIFA kongressiga ham O‘zbekiston mezbonlik qilishi mumkin.

O‘FF prezidenti terma jamoa bosh murabbiyligiga nomzodlar bilan muzokara ketayotganligini, etika jihatidan ularning nomini ayta olmasligi, bu haqida aniq ma’lumot paydo bo‘lishi bilan albatta rasmiy xabar berilishini aytgan.

Yangiliklar lentasi
0