TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi terrorchi yollash bilan shug‘ullanganlarga jazoni kuchaytirish va bir umrlik jazo berish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
Yangi qonunga ko‘ra, terrorchilikni moliyalashtirigan, jismoniy shaxslarni unga undagan, yollagan shaxslarga nisbatan jazo choralari kuchaytiriladi. Xususan, ushbu jazo choralari Rossiya JKning 205-Terrorchilik akti, 205.3 — Terrorchilik faoliyati amalga oshirish uchun tayyorgarlikdan o‘tish, 205.4 — Terrorchilik uyushmasi tashkil qilish va unda ishtirok etish, 206 — Odamni garovga olish, 211.4 — transport vositasini terrorchilik maqsadida olib qochish 361 — Xalqaro terrorizm akti amalga oshirish — banlarida qayd etilgan jinoyatlardan birortasini sodir etgan kishilarga nisbatan qo‘laniladi.
Yuqorida qayd etilgan jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangan kishilar 8-yildan 20-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va 300 mingdan 700 ming rubgacha jarimaga tortilishi yoki bir umrlik qamoq jazosi berishi mumkin.
Hozirgi kunda terrorchilik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi beriladi.
Agar terrorchilik jinoyati xizmat lavozimidan foydalangan holda amalga oshirilgan taqdirda, ayblanuvchiga 10-yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish, 500 mingdan 1 ln rublgacha jarimaga tortish yoki bir umrlik qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Ayni damda ushbu jinoyatlar uchun 8-yildan 15-yilgacha qamoq jazosi beriladi.
Yangi qonunda, shuningdek, "Terrorchilik targ‘iboti" tushunchasi kiritiladi. Qonun matnida aytilishiga ko‘ra, "Terrorchilik targ‘iboti deganda — inson tafakkurida terrorchilik mafkurasini uyg‘otuvchi, uni maqtovchi va terrorchilik aktini amalga oshirish mumkinligi ifoda etilgan axborotlarni tarqatish", — deb tushuniladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan faoliyat uchun 100 mingdan 500 ming rublga qadar jarima solinadi yoki 2-yildan 5-yilga qadar ozodlikdan mahrum etiladi.
Ushbu jinoyatlarni elektron OAVlar, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari orqali amalga oshirgan shaxslarga 7-yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.