Internetda terrorchi jangarilar haqida video tarqatgan fuqaroga jazo qo‘llanildi

Obuna bo‘lish
Sud Yoshlar ittifoqining iltimosnomasi va ijobiy tavsifnomasi, shuningdek sudlanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lganini inobatga olib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazo chorasi 3-yil ahloq tuzatish ishlari tariqasidagi jinoiy jazo chorasiga almashtirildi

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Jinoyat ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudi Telegramda terrorchilik uyushmalaridan biri jangarilari haqida video rolikni tarqatgan fuqaro Sherzod Suvonovga 3-yil ahloq tuzatish ishlari jinoiy jazo chorasini tayinladi, deb xabar qildi RIA Novosti mahalliy OAVlariga tayangan holda.

Sotrudnik sil bezopasnosti Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
IShID jangarilari afg‘on-turkman chegarasida o‘rnashib olmoqda

Telegramda kanallaridan birida joylashtirilgan jangarilar haqida video rolikni Suvonov o‘zining tanishiga yuboradi. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining "jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash va tarqatish yoki namoyish qilish" bandi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

Sud Yoshlar ittifoqining iltimosnomasi va ijobiy tavsifnomasi, shuningdek sudlanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lganini inobatga olib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazo chorasi 3-yil ahloq tuzatish ishlari tariqasidagi jinoiy jazo chorasiga almashtirildi.

2016 yil aprel oyida O‘zbekiston Jinoyat Kodeksiga jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni OAV va internetda tarqatish jinoyatini sodir etish uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazo chora qo‘llanilishi tariqasida o‘zgartirishlar kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0