TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Vataniga qaytgan “Islom davlati” jangarilari terrorchi guruhlar tuzmoqda, dedi Rossiya FXX rahbari Aleksandr Bortnikov.
“Terrorchilik mafkurasidan voz kechmagan va qaynoq nuqtalarda jangovor tajriba ortirib qaytgan banditlar, o‘zlarining g‘ayriinsoniy tadbirlarini o‘tkazish maqsadida, yashirin terrorchilik guruhlari tashkil qilmoqda”, — dedi Bortnikov V Moskva Xalqaro xavfsizlik anjumanida.
FXX rahbarining so‘zlariga qaraganda,Misr osmonida Rossiya samolyotining portlatilishi, Parij va Brusseldagi teraktlar va banditlarning Shimoliy Kavkazdagi chiqishlari bunga dalil bo‘lishi mumkin.