O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘li qurilishi amaliy bosqichga o‘tmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishGruzovoy sostav na jeleznodorojnom puti
Gruzovoy sostav na jeleznodorojnom puti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoydan va Turkiya dengiz portlarigacha bo‘lgan hududlarni birlashtiruvchi ushbu temir yo‘l - qadimgi Buyuk Ipak yo‘lining zamonaviy qayta tug‘ilishi bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning O‘zbekistonga bo‘lib o‘tayotgan rasmiy tashrifi davomida "O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy " temir yo‘li qurilishi masalasi ham muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati.

Raboti na jeleznoy doroge - Sputnik O‘zbekiston
2018 yilda O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘l qurish to‘g‘risida bitim imzolanadi

“O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishchi guruhlari ushbu yilning 25-dekabrida O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘li loyihasining muhokamasiga kirishishadi. Biz allaqachon birgalikda yaratilayotgan qo‘shma korxonalarni ko‘rayapmiz”, — dedi Jeenbekov.  

Qirg‘iziston rahbari aytishiga qarganda, ushbu trasport koridorini ishga tushirish ikki mamlakatning umumiy transport salohiyatni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Jeenbekov O‘zbekiston shaharlarini O‘sh, Jalol-Obod va Batken viloyatlari orasida doimiy yo‘lovchilar tashish marshrutlarini tiklash kerakligini ta’kidladi.

Prezident Kirgizii Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurishni darhol boshlashni buyurdi

Eslatib o‘tamiz, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlkatlarini bog‘lab turuvchi temiryo‘l loyihasi 20-yildan beri muhokama qilib kelinmoqda. Temir yo‘li Xitoydan boshlanib, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmanistondan o‘tib Erondan va Turkiya dengiz portlariga chiqishi rejalashtirilgan.

Ushbu temir yo‘li qurilishida ayni damda ikki asosiy muammo bor: bu temir yo‘l kenglgi haqida kelishib olish (chunki Xitoyda tor izli temir yo‘l standarti) va Qirg‘izistonning murakkab relyefli tog‘li hududlarida temir yo‘l qurish qimmatligi masalasi.  

Xitoydan va Turkiya dengiz portlarigacha bo‘lgan hududlarni birlashtiruvchi ushbu temir yo‘l – qadimgi Buyuk Ipak yo‘lining zamonaviy qayta tug‘ilishi bo‘lishi mumkin. Ushbu ulkan loyiha barcha tutash mamlakatlar uchun yangi bozorlarga chiqishda ulkan imkoniyatlar yaratishi muqarrar.

Yangiliklar lentasi
0