TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘li qurilishi to‘g‘risida hukumatlararo bitim 2018-yilning yozida imzolanadi. Bu haqda prezident qarorida bayon etilgan.
Xitoyni Markaziy Osiyo respublikalari bilan bog‘laydigan temir yo‘l liniyasini qurish loyihasi deyarli 20-yil davomida muhokama qilinmoqda.
Marshrutning bir nechta variantlari ko‘rib chiqilgan, shu jumladan, Xitoydan Qirg‘iziston orqali O‘zbekistonga keyinchalik Turkmaniston va Eronga va turk dengiz portlariga chirish imkoniyati ko‘rib chiqilgandi.
O‘zbekiston transport infratuzilmasini takomillashtirish va 2018-2022 yillarda yuk tashishning tashqi savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha kompleks dasturi tasdiqlangan.
Mazkur dasturga "O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy" temir yo‘lini qurish bo‘yicha hukumatlararo bitimni tayyorlash va qabul qilish tadbiri kiritilgan. Jumladan, 2018-yil birinchi chorakda Toshkentda uch tomonlama ishchi guruh yig‘ilishini o‘tkazish, shuningdek birinchi yarim yil yakuniga qadar hukumatlararo bitim tayyorlash va qabul qilish rejalashtirilgan.
Shu yil sentabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekga amalga oshirgan tashrif chog‘ida prezident bo‘lgan Almazbek Atambayev bilan o‘tkazilgan uchrashuvda temir yo‘l qurilishini tezlashtirish masalasini muhokama qilishgan.