TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Qozog‘iston Quddus shahri maqomi bilan bog‘liq vaziyat atrofida keskinlik o‘sishi munosabati bilan tashvishdaligini bildiradi va barcha ishtirokchi tomonlarni bosiqlikka chaqiradi. Bu haqda Qozog‘iston TIV bayonotida aytildi.
“Quddusning mavjud maqomi saqlanib qolinishi tarafdori bo‘lgan Qozog‘iston Falastin-Isroil munosabatlari Bosh assambleya va BMT Xavfsizlik kengashining 181 (1947), 242(1967), 338 (1973), 2334 (2016) rezolyutsiyalari va 2002-yilgi Arab tinchlik tashabbusiga mos keluvchi xalqaro huquq asosida hal qilinishi lozimligi borasida sobit ekanligini tasdiqlaydi”, deyiladi bayonotda.
Bayonotda Falastin-Isroil nizosi 1967-yilda poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan Falastin davlatining tashkil etilishini ko‘zda tutgan “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etilishi darkorligi aytiladi.
Qozog‘iston BMT Xavfsizlik kengashining nomuntazam a’zosi sifatida Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishining sharti bo‘lgan mintaqada barqarorlikni tiklash jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan olinishini e’lon qilgandi.