TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekistonda riyeltorlik tashkilotlar ish faoliyatini soddalashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasidagi manba ma’lum qildi.
Bugungi kunda respublikada 251 ta riyeltorlik tashkilotlar va 1,6 mingdan ortiq malakali riyeltorlar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Biroq ular tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini kelishuvlarni rasmiylashtirish ulushi kamligicha qolmoqda, aholi esa viloyatlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning pastligi bo‘yicha doimiy ravishda shikoyat qilmoqda, chunki jami riyeltorlarning 50 foizi poytaxtda ishlashmoqda.
Ushbu vaziyatni o‘zgartirish uchun riyeltorlik sohasini tartibga solish tizimini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, ushbu faoliyat turini litsenziyalash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklariga berish rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda ushbu litsenziyani Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan taqdim etilmoqda.
Litsenziya berish tartibini yangi tartibni 2018-yil 1-martda yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Qo‘mita riyeltorlik malaka sertifikatini berish vazifasini saqlab qoladi.
Shuningdek, hukumat ko‘chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha litsenziyalash hamda riyeltorlik tashkilotlarining ustav kapitalining minimal miqdoriga qo‘yiladigan talablarni bekor qilish ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, kelgusi yil mart oyidan 6 oy muddatgacha riyeltor vositachiligida kelishuvga erishilgan qisqa ijara shartnomalarini ro‘yxatga olmaslik va notarial idoradan o‘tkazmaslikka ruxsat berish rejalashtirilmoqda. Biroq riyeltorlar soliq organlarga tuzilgan shartnomalar va ijara to‘lov miqdori haqida ma’lumotnoma taqdim etish talab qilinadi.
Yana bir yengillik — riyeltorlik tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishni 15 foiz miqdoridan oldindan to‘lovsiz xizmat ko‘rsatishga ruxsat berish ko‘rib chiqilmoqda.
Hukumat tomonidan riyeltor tashkilot sug‘urta polisida fuqarolik javobgarlikning ish haqining 3 ming baravardan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ bo‘lishi bo‘yicha yangi talab joriy etiladi. Bu mablag‘ riyeltor aybi oqibatida yetkaziladigan zararni qoplash uchun sarflanadi.
Sohadagi barcha yangiliklarni bugungi kunda ishlab chiqilayotgan "Riyeltorlik xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident farmoni loyihasida inobatga olinadi.