Mirziyoyev amaldorlarga: tadbirkor ertaga hammangni boqadi!

© AP Photo / Anvar IlyasovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yana qaytaraman, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish - prezident siyosatiga qarshi chiqish deb baholanadi, hurmatli amaldorlarimiz buni uqib olishlari kerak, deb ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk daxlsizligini amalda ta’minlash bundan buyon ham davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishini aytdi.

Buxoro aholisi - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro viloyati hokimligi: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, muammolarni hal qilamiz
"Biz iqtisodiyotimizni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlarga keng yo‘l ochib berish siyosatini bundan keyin ham qat’iy davom ettiramiz. Hal qiluvchi ahamiyatga ega bu sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, uning oldida paydo bo‘ladigan to‘siqlarni butunlay olib tashlash masalasi davlat rahbari sifatida mening doimiy e’tiborim va nazoratimda bo‘ladi", — dedi Mirziyoyev.

Tadbirkorlar haqida gapirar ekan, o‘tmishda ajdodlarimiz ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanganini, buni Buyuk Ipak Yo‘li misolida ham ko‘rish mumkinligini, umuman, tadbirkorlik o‘zbek xalqining qonida bor ekanligini ta’kidladi. 

"Amaldorlarga tadbirkor ertaga hammangni boqadi, deb necha marotaba aytganman, tadbirkorni yo‘liga g‘ov bo‘lish, oyog‘iga kishan bo‘ladigan qonunlarni chiqarish kerak emas. Tadbirkor boy bo‘lsa, xalq ham, davlat ham boy bo‘ladi", — dedi Mirziyoyev.

Prezident tadbirkor faoliyatiga to‘siq bo‘lish davlat siyosatiga xiyonat, deb qabul qilinadi, deya ogohlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida ham tadbirkorlik sohasiga alohida e’tibor qaratib, "tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi", — deb aytgan edi.  

Yangiliklar lentasi
0