Alisher Usmonov Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbariga ochiq xat yozdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishOsnovatel "USM Holdings", prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya Alisher Usmanov
Osnovatel USM Holdings, prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Rossiya terma jamoasi sportchilariga Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida bo‘lib o‘tadigan 2018-yilgi musobaqalarda betaraf bayroq ostida ishtirok etishga ruxsat bergandi

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Biznesmen va Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari Alisher Usmonov Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxga, shuningdek, uning o‘rinbosarlari va ijroiya qo‘mita a’zolariga ochiq xat yubordi.

Alisher Usmanov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov: qo‘limdan kelganicha O‘zbekistonga yordam beraman

U Pxenchxanda Olimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozonadigan sportchilar sharafiga Rossiya bayrog‘ini ko‘tarilishi va davlat madhiyasi kuylanishiga  ruxsat berilishiga chorladi, deb xabar qildi "Rossiya 24" telekanali.

Olimpiya nizomiga qayd etilganidek, har qanday diskriminatsiya shakli Olimpiya harakati tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi, XOQ qarori Rossiya "toza" sportchilarini boshqa davlat sportchilari bilan teng bo‘lmagan sharoitga qo‘yadi", — deb izoh keltiradi "Komsomolskaya pravda" nashri Usmonov murojaatidan.

Usmonov "bunday aybsizlarni jazolash va tiz cho‘ktirish mumkin emas", — deya ta’kidladi.

Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston
Chusovitina Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qaroridan shokka tushganligini aytdi

"Bu inson va sportchining qadr-qimmatini kamsitadi, qonun va adolatga bo‘lgan ishonchni yo‘qqa chiqaradi. Sportchilarning qisqa hayotlari davomida faqat qisqa bir lahzalar uchun yashaydilar — mamlakat bayrog‘ini osmonda ko‘rish va vatanining madhiyasini eshitishdir. Bu ular shon-shuhratining eng yuqori cho‘qqisidir, ularning Everestidir", — deb yozgan Alisher Usmonov.

XOQ ijroiya qo‘mitasi seshanba kuni Rossiya Olimpiya qo‘mitasini diskvalifikatsiya qilish va Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida bo‘lib o‘tadigan 2018-yilgi musobaqalarda rossiyalik "toza" sportchilar faqatgina olimpiya bayrog‘i ostida chiqishlari haqida qaror qabul qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0