Alisher Usmonov: qo‘limdan kelganicha O‘zbekistonga yordam beraman

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishAlisher Usmanov, arxivnoe foto
Alisher Usmanov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Alisher Usmonov "Reyter" agentligiga bergan intervyusida, O‘zbekistonning yangi rahbariga tashqi dunyoga ochilishiga va O‘zbekistonga imkon qadar yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan taniqli Rossiya biznesmeni, milliarder Alisher Usmanov ilk bor O‘zbekiston hukumati bilan hamkorligi haqida aytib o‘tdi. "Reyter" agentligi xabariga asosan. 

Biznesmen hozirgi rahbariyat amalga oshirayotgan moliyaviy islohotlarning dadilligini juda hurmat qilishini ma’lum qildi.

"Men aksariyat mamlakatlarda bo‘lgani kabi, bu 3-5 yil vaqt olsa kerak deb o‘ylagandim. Biroq bu yerda vaziyat bir yilda hal bo‘ldi", — dedi Alisher Usmonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvallari O‘zbekistonga sarmoya kiritishdan hamma cho‘chirdi, chunki daromadlar repatriatsiyasi mexanizmi yo‘q edi.

Airbus A340  Burkhan, prinadlejashiy Alisheru Usmanovu - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev AQShga nima uchun Alisher Usmonovning samolyotida parvoz qildi
"Bugun muammo qonun nuqtayi nazaridan deyarli hal qilib bo‘lindi. Bu O‘zbekiston uchun ulkan, ilg‘or islohotlar", — deb ta’kidladi Usmonov.

O‘zbekistonga qancha mablag‘ yo‘naltirmoqchi ekani haqidagi savolga Alisher Usmonov "Qo‘limdan kelganicha", deb javob berdi.

"Men qo‘limdan kelganicha O‘zbekistonga yordam berishga tayyorman va shunday qilyapman ham. Mening bugungi kundagi rolim — maslahatlashuvlar, konsalting va xayriya loyihalari".

Eslatib o‘tamiz, tez kunlarda O‘zbekistonda zamonaviy "Qadimiy Buxoro" sayyohlik majmuasini qurilish loyihasini amalga oshirish boshlanadi. Ushbu loyihada Alisher Usmonov ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0