TOShKENT, 6 dek – Sputnik. 1992-yilgi Olimpiada o‘yinlari chempioni Oksana Chusovitina Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ijroi qo‘mitasining rossiyalik sportchilarni Olimpiada-2018 dan chetlashtirish haqidagi qaroridan shokka tushganligini aytdi.
XOQ ijroiya qo‘mitasi seshanba kuni Rossiya Olimpiya qo‘mitasini diskvalifikatsiya qilish va Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida bo‘lib o‘tadigan 2018-yilgi musobaqalarda rossiyalik "toza" sportchilar faqatgina olimpiya bayrog‘i ostida chiqishlari haqida qaror qabul qildi.
"Bir so‘z deyishga ojizman — shokdaman", — dedi Chusovitina RIA Novostiga.
Chusovitina gimnastika tarixida yettita Olimpiadada ishtirok etgan yagona sportchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan.
Oksana Chusovitina 1990-yilda sobiq SSSR terma jamoasida faoliyatini boshlagan. 1992-yili Barselonada o‘tkazilgan Olimpiadada u Birlashgan jamoa (MDH) tarkibida Olimpiada chempioni bo‘lgan.
Chusovitina — uch marta jahon chempioni bo‘lgan hamda 2008-yilgi Olimpiadaning kumush medali sohibasi.