Yozilishi - 25 ming, sotilishi - 33 ming: Yunusobod go‘sht bozoridagi ahvol

© SputnikSena na maso na rinke v Yunusabade
Sena na maso na rinke v Yunusabade - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Go‘sht do‘koni peshtaxtasiga yirik harflar bilan "1 kilogramm go‘sht 25 ming so‘m", deya yozib qo‘yilgan bo‘lsa-da, sotuvchi xaridorlarga mahsulotni 33 ming so‘mdan pullamoqda

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Yunusobod dehqon bozoridagi №5 go‘sht do‘konida bir kilogramm go‘sht narxi 25 ming so‘m etib belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, sotuvchi yigit xaridorlarga mahsulotni 33 ming so‘mdan pullamoqda.

Buxoroda yil oxirigacha go‘sht narxi 25 ming so‘mdan oshmaydi - viloyat hokimi
"Uch kilogrammdan ziyod go‘sht olmoqchi edim, sotuvchi kilosini 33 mingdan hisoblayotganini ko‘rib, hayron bo‘ldim. Mahsulotning bir kilogrammi qancha turishi aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, sotuvchi 25 ming so‘mdan mana bu suyakni olishingiz mumkin, deya muzlatkich ustiga chiqarib qo‘yilgan sal kam bir haftalik "ragu"ga ishora qildi", — hikoya qilgan Sputnik O‘zbekiston muxbiriga xaridorlardan biri.

Suhbatdoshga ko‘ra, o‘z hatti-harakatlaridan uyalish o‘rniga, sotuvchi xaridorga "Nega go‘sht olayotib, narxini so‘ramadingiz?" (!) deya to‘ng‘illagan.

"Mana do‘kon peshtaxtasiga qog‘ozda "go‘sht 25 ming so‘m" deb yozilgan, nega so‘rashim kerak?", degan savolga sotuvchi tabiiyki javob bera olmagan.

© SputnikSena na maso na rinke v Yunusabade
Sena na maso na rinke v Yunusabade - Sputnik O‘zbekiston
Sena na maso na rinke v Yunusabade

"Nega unda 33 ming deb yozib qo‘ya qolishmaydi. "Xo‘ja ko‘rsin", yoki balki televidenie uchun yozib qo‘yiladigan narxlarning kimga keragi bor?", — deya norozi bo‘lgan xaridorlardan biri.

O‘zbekistonga import qilinadigan go‘sht, un, yem-xashak narxlari arzon bo‘ladi - prezident qarori
Shu vaqt suhbatga go‘sht olgani kelgan rus ayol aralashgan va tortishayotgan tomonga qarab: "Razve ne znayete kuda obrashatsya? Obratites k bazarkomu ili napishite v portal!" (Nima, qayerga murojaat qilish kerakligini bilmaysizlarmi? Bozorkomga boring yoki portalga yozing), deya maslahat bergan.

Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, masala chuqurlashayotganini ko‘rgan go‘sht do‘koni oldida turgan "okaxonda"lardan biri yigitchaga "Berib yubor 25 mingdan" deya maslahat solgan. Yigitcha shundan so‘ng "Keling, tirikchilik-da, nega tushunmaysizlar. 25 mingdan olasizmi?", — deya vaziyatni "silliqlash"ga kirishgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina O‘zbekiston prezidenti Bosh prokuraturani o‘simlik moyi, un, go‘sht, shakar va kunjara mahsulotlar defitsiti tashkil qilib ularning narxini keskin oshirib ketishiga yo‘l qo‘yganlar bilan shug‘ullanishga chaqirgandi.

Yangiliklar lentasi
0