TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya 2017-yil 30-oktabr kuni Ozarbayjonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tashrif dasturiga ko‘ra "Baku-Tbilisi-Kars" temir yo‘l yo‘nalishini ochilish marosimida ishtirok etish kutilmoqda.
Ilgariroq Boku-Tbilisi-Kars temir yo‘l yo‘nalishi 2017-yilning oktabr oyida ochiladi, deb xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, BTK temir yo‘li Ozarbayjon-Gruzin-Turkiya o‘rtasidagi davlatlararo kelishuv asosida qurildi. Ekspertlar prognoziga muvofiq, BTK koridori bo‘yicha yuk tashuvi hajmi yiliga 17 million tonnani tashkil qiladi. Dastlabki bosqichda ushbu ko‘rsatkich yiliga 1 million yo‘lovchi va 6,5 million tonna yukni tashkil etishi aytilmoqda.