TOShKENT, 6 dek — Sputnik. New Silk Road Oil And Gas qo‘shma korxonasi CNODC (Xitoy milliy neftgaz korporatsiyasi CNPC) ishtirokida Buxoro viloyatida gaz kondensatini qazib olish konlaridan birida gaz qazib olish ishlarini boshlab yuborishdi.
2013 yil sentabr oyida "CNODC" va "O‘zbekneftgaz" MXK O‘zbekistonda gaz kondensati konlarini qo‘shimcha ravishda qidirish va qazib olish uchun teng asosda qo‘shma korxona tashkil etishdi. QKning xom ashyo bazasi Buxoro viloyatining Qorako‘l uchastkasida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda topilgan 3 ta (Xo‘jadavlat, Sharqiy Olot va Dengizko‘l koni) gaz kondensati konlari mavjud.
"Qo‘shma korxona Qorako‘l sarmoyaviy blokining Xo‘jasayot uchastkasida gaz qazib chiqarishni boshladi". Bu haqda "O‘zbekneftgaz" MXK vakili RIA Novostiga ma’lum qildi.
Rivojlantirish dasturi doirasida 2 ta yangi quduq ishga tushirildi, avval qazilgan 3 ta quduqda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Real vaqt rejimida tabiiy gaz qazib olishni nazorat qilish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan pult ishga tushirildi.
Barcha 3 ta gaz qazish konlarini ishga tushirilishi natijasida 2021-yilga kelib har yili 1 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olinadi. Bu o‘z navbatida eksport va ichki bozorni qariyb 6,5 ming tonna gaz kondensati bilan ta’minlanadi.
Loyihaning 400 million dollarlik qiymati qo‘shma korxona, shuningdek xitoylik CNPC kafolat asosidagi kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi. 2006-yil iyunda CNODC va "O‘zbekneftgaz" Usturt, Buxoro-Xiva, Farg‘ona neftgaz hududlarida 5 ta investitsion bloklarda geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolangandi. Kelgusi 5-yil ichida qiymati 260,2 million dollarlik ishlar amalga oshiriladi.