TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Toshkent va Dushanbe Tojikistonga O‘zbekiston gazini yetkazib berish bo‘yicha muzokara olib bormoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
"Ha, darhaqiqat, bizda Tojikistonga tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Lekin yakuniy qaror yuqori darajada qabul qilinadi. Hozircha gaz yetkazish hajmi va boshlash muddatlari haqida aniq ma’lumot yo‘q", — deb izoh bergan Sputnik muxbiriga "O‘ztransgaz" kompaniyasi boshqarma boshlig‘i Akmal Eshoqulov.
Tomonlar kelishuvga erishsa, Tojikistonga so‘nggi besh yil ichida ilk bor O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib beriladi. Ta’kidlab o‘tamizki, 2012-yilda Xitoy va Rossiyaga gaz yetkazish ko‘payib ketganligi sababli Tojikistonga tabiiy gaz sotish to‘xtatilgandi.
Hukumatdagi yana bir manbaaning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentga shu haftaning boshida Tojikiston energetika va suv resurslari vazirligi vakillari tashrif buyurishgan. Suhbatdosh tojikistonlik mutaxassislar bilan o‘tkazilgan muzokaralar kun tartibidagi masalalarni ayta olmadi. Lekin, ular ko‘plab masalalar muhokama qilinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 13,6 ming kilometr gaz yetkazib berish tizimi mavjud. "O‘zbekneftegaz" yiliga 60-70 milliard kuba metr tabiiy gaz qazib olish quvvatiga ega.
2020 yil oxiriga qadar kompaniya tomonidan bir qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning natijasida 8,5 milliard kuba metr gaz, 21 milliard gaz yetkazib berish tarmog‘i hamda 361 ming tonna siqilgan gaz qazib olish va yetkazish tizimi tatbiq etiladi.