"Gazprom" O‘zbekiston va Qozog‘istondan 20 milliard kubometr gaz sotib oladi

© REUTERS / MAXIM ZMEYEVGazprom.
Gazprom. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil yakuni bo‘yicha ushbu davlatlardan 20 milliard kubometr gaz xarid qilinadi, 2018-yilda ham ushbu hajmni saqlab qolish rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. 2018 yil "Gazprom" kompaniyasi O‘zbekiston va Qozog‘istondan 20 milliard kubometr gaz sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi RIA Novostiga "Gazprom eksport" vakili Andrey Zotov.

Dobicha gaza - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonga O‘zbekiston gazini yetkazib berish masalasi muhokama qilinmoqda

"Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat rahbarlarining uchinchi chorakda amalga oshirilgan uchrashuvi chog‘ida Markaziy Osiyo davlatlaridan gaz sotib olish hajmlarini ko‘paytirishga qaror qabul qilindi. 2017-yilda 20 milliard kubometr gaz xarid qilinadi va 2018-yilda ushbu hajmda sotib olish rejalashtirilgan", — dedi Andrey Zotov.

Eslatib o‘tamiz, shu yil aprel boshlarida "Gazprom" O‘zbekiston bilan 2018-yildan boshlab yiliga 4 milliard kubametr gaz sotib olish bo‘yicha besh yillik shartnoma imzolandi. Shuningdek, "Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" o‘rtasida hamkorlikda geologik qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha bitim tuzilgan.

Yangiliklar lentasi
0