TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Hindistonda "RosAtom" yordamida qurilgan "Kudankulam" AESining ikki energobloki to‘liq quvvat bilan ishga tushdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Kudankulam" AESining 1-sonli Bloki, 1000 MVt energiya ishlab chiqarmoqda. 2-sonli Blokning energiya ishlab chiqarish quvvati o‘tgan tun soat 03:30da birinchi bor 1000 MVtga yetdi ", — dedi hindistonlik suhbatdosh.
"Kudankulam" atom elektr stansiyasi- Rossiya va Hindiston birgalikda amalaga oshirgan eng yirik loyihadir. AESning birinchi energiya bloki 2014-yilda ishga tushirilgan edi. Ushbu yilnng iyun oyiida 3 va 4 energiya bloklari qurilishi boshlandi. Ular 2020, 2021-yillarda ishga tushishi kutilmoqda.
AESning 3-4 bloklari 4,2 milliard dollar miqdorida Rossiya Davlat krediti hisobida qurilmoqda. Kredit mablag‘lari 10-yil muddatga ajratilgan.
Qurilishning Rossiya tomonidan asosiy hamkori — "Atomstroyeksport" kompaniyasi. Ushbu kompaniya bir necha mamlakatlarda AESlar qurish bilan shug‘ullanadi. Xususan, Erondagi "Busher-2", Vengriyadagi "Paksh-2", Xitoydagi "Tanvan", Turkiyada "Akkuyu", Bangladeshda "Ruppur", Misrda "ed-Dabaa" va Finlandiyada "Xanxikivi" AESlari qurilishi Rossiya atom energetikasi texnologiyalari asosida olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda dunyo atom energetikasi bozorida sobiq Ittifoq davrida asos solingan, Rossiya AES texnologiyasi o‘zining yaqqol ustunligini namoyish qilmoqda.
Bunga sabab — dunyoning yetakchi mutaxassislari tomonidan Rossiya AESlari ishonchi va samarali deb tan olingani bo‘lgan. Rossiya AESlari 9 balli zilzilaga ham dosh berishi mumkin. Ikkinchidan, RosAtom nafaqat AES qurishni, uning AES faoliyati davomida to‘liq texnik xizmat ko‘rsatish, uran yonilg‘isi bilan ta’minlashni, hamda radioaktiv chiqindilarni utilizatsiya qilish xizmatlarining to‘liq majmuasini taklif qilayotgani ham bo‘lgan.
2011 yilda zilzila oqibatida AQSh tomonidan qurilgan Yaponiyaning Fukusima AESida sodir bo‘lgan kuchli avariyadan keyin, ushbu sohada Rossiya texnologiyalari ustunligi yanada yaqqol ko‘zga tashlana boshladi.
Natijada, bugungi kunda RosAtomga mijozlardan eng uzundan-uzoq navbat hosil bo‘lgan. Xususan, kompaniya yaqin 10-yillar ichida chet mamlakatlarda 34 ta Rossiyada 8 a energiya bloklari qurishga buyurtma olgan. Buyurtmalar portfeli umumiy qiymati 133 mlrd dollardan oshib ketgan.