Rosatom O‘zbekistonga mini-GESlar yetkazib berish imkoniyatini o‘rganmoqda

© JEAN-PIERRE CLATOT / AFPDva texnika smotrat na turbinu gidroelektrostansii
Dva texnika smotrat na turbinu gidroelektrostansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya xoldingi Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan ham muzokaralar olib bormoqda. O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston va Tojikiston bilan loyihalar muhokama qilinmoqda

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. "Rosatom" davlat korporatsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlariga o‘z mini-GESlarini yetkazib berishga tayyor. Hozirda qator taxminiy loyihalar ishlab chiqilmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti "Atomenergomash" kompaniyasining (Rosatom tarkibiga kiradi) xalqaro faoliyat bo‘yicha direktori Roman Murashovga asoslanib.

Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Chilanzarskiy rayon Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Namanganda quriladigan GESlar loyihasi bilan tanishdi

"Biz dastlabki marketing tadqiqotlarini o‘tkazdik. Markaziy Osiyoga 100-150 atrofida ana shunday qurilmalar yetkazib berish salohiyati mavjud", — dedi Murashov Ostonadagi "EKSPO-2017" doirasida o‘tayotgan Rossiya atom texnologiyalari haftaligida.

Murashov Rosatom O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga yetkazib berish imkoniyatlarini ishlab chiqayotganligini bildirdi.

Qayta tiklanuvchi energiya, jumladan mini-GESlar Rosatomning noyadroviy faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mini-GESlarning asosiy afzalliklari ishlab chiqariladigan energiya tannarxining arzonligi, qurilmani qisqa muddatda yetkazib berish, oson va tez muddatlarda qurilishidir.

O‘zbekistonda yaqin besh yil ichida 42ta gidroelektrostansiyalarni qurib ishga tushirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, respublikadagi mavjud quvvatlar modernizatsiya qilinadi. Hozirda gidroelektrostansiyalar ulushi elektrostansiyalar umumiy hajmining 15%ini tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0