TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Moskvada bo‘lib o‘tgan "Atomekspo" forumida yadroviy barayeyka namunasi ko‘rsatildi.
Mittigina energiya manbai "Luch" ilmiy-ishlab chiqarish uyushmasida yaratilgan. Batareyki radioaktiv izotop Nikel-63 (Ni-63) asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, u o‘z hajmiga nisbatan ancha kuchli quvvatga ega. Bunday batareyka elektron asboblarni 50-yil davomida uzuluksiz energiya bilan ta’minlashi mumkin.
Olimlar kelajakda ushbu yangi energiya manbai koinotda, meditsinada va yer sharining uzoq va yetib borish qiyin bo‘lgan joylarida ishlatish mumkinligini qayd etishmoqda.
Laboratoriya xodimi Aleksandr Pavkin aytishiga qaraganda, ushbu yadroviy batareyka inson uchun xavfli bo‘lgan neytron va gamma nurlanish chiqarmaydi. Beta-nurlanish elektronlari esa to‘laligicha batareyka ichida qoladi, shuning uchun yangi batareyka kardiostimulyatorlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin.