O‘zbekistonda sanoat akkumulyatorlarini ishlab chiqarish zavodi quriladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishLiniya po testirovaniyu gotovix akkumulyatorov
Liniya po testirovaniyu gotovix akkumulyatorov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zavod Janubiy Koreyaning Unicor Co. Ltd yuqori texnologiyali uskunalari bilan jihozlanadi

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yil o‘rtalarida MDHda yagona bo‘lgan sanoat akkumulyatorlarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushirish rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi "O‘zikkilamchiranglimetall" AJ matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev i Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Koreyaga tashrif yakunlari: shartnomalar, muzeylar va BMT sobiq bosh kotibi

Zavod Janubiy Koreyaning Unicor Co. Ltd yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlanadi.

Jamiyat matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ushbu loyihani hukumat qaror asosida amalga oshiriladi. Dastur doirasida "O‘zikkilamchiranglimetall"ga sanoat akkumulyatorlar ishlab chiqarish yuklatilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida respublikada muqobil energiya, mobil aloqa va mudofaa tuzilmalari sohasida yangi texnologiyalarni joriy etish va energiya manbalarining zaxiralarini yaxshilash uchun katta imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

Mutaxassislar hisob-kitoblariga qaraganda, O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish uchun qulay iqlim sharoiti tufayli qayta tiklanadigan energiya manbalarining 98,5 foizini tashkil qiladi.

BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun - Sputnik O‘zbekiston
Pan Gi Mun Mirziyoyevga Koreya bilan aloqalarni rivojlantirayotgani uchun minnatdorlik bildirdi
"Yangi korxonani qurilishi, birinchidan, respublikaning talabini to‘liq qondiradi, ikkinchidan — eksport uchun mahsulot yetkazib berishni ko‘paytiradi", — dedi loyiha menejeri Bekzod Yunusov.

Eslatib o‘tamiz, koreyalik sheriklar bilan hamkorlik qilish respublika iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyaga amalga oshirilgan davlat tashrifi davomida ikki mamlakatning turli kompaniya, idora va tashkilotlari o‘rtasida 80ga yaqin hujjatlar va qiymati 8,9 milliard dollarlik kelishuvlar imzolandi.

Xususan, savdo, yoqilg‘i-energetika, kimyo, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, tibbiyot, turizm, fan-ta’lim va madaniyat kabi ko‘plab sohalarda kelishuvlarga erishildi.

Koreya 2018-yildan boshlab uch yil davomida O‘zbekiston iqtisodiyotiga 500 million dollar miqdorida sarmoya yo‘naltiradi.

Yangiliklar lentasi
0