Pan Gi Mun Mirziyoyevga Koreya bilan aloqalarni rivojlantirayotgani uchun minnatdorlik bildirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun
BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pan Gi Mun Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik izhor qildi

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-noyabr kuni Seul shahrida BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Munni qabul qildi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Obmen papkami s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidentining Koreyaga tashrifi davomida 60dan ortiq hujjat imzolandi
"Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan muloqotda davlatimiz rahbari Pan Gi Mun BMTga Bosh kotiblik davrida O‘zbekiston bilan BMT hamkorligida samarali loyihalar amalga oshirilganini yodga oldi.

Pan Gi Mun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifini yuqori baholab, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va o‘zaro ishonch ruhidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishda muhim qadam bo‘lishini qayd etdi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, joriy yil noyabr oyida Samarqandda o‘tgan Markaziy Osiyo mintaqasiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ko‘tarilgan masalalar dolzarbligi, O‘zbekistonning tashabbuslari Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishda muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.

Pan Gi Mun Mirziyoyevga O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik izhor qildi.

Yangiliklar lentasi
0