Senator: O‘zbekiston Rossiya meva-sabzavot bozoridagi 60% o‘rnini yo‘qotmoqda

© Sputnik / /StringerMejdunarodnaya plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente
Mejdunarodnaya plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senatorning fikricha, O‘zbekiston riteylerlarga imtiyoz berish orqali muhim xaridorlar: ulgurji savdogarlar, kichik va o‘rta magazinlar, bozordagi sotuvchilarni chetga surib qo‘ymoqda

TOShKENT, 1 dek – Sputnik. Agrar-oziq-ovqat siyosati bo‘yicha Rossiya Federatsiya kengashi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sergey Lisovskiy O‘zbekiston alohida savdo tarmoqlariga imtiyozlar berish orqali Rossiya meva-sabzavot bozorining 60%idan ajralayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Frukti na rinke - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga UzAgro brendi ostida dastlabki meva-sabzavot mahsulotlari jo‘natildi

Avgust oyida O‘zbekiston hukumati "O‘zagroeksport" ixtisoslashgan tashqi savdo kompaniyasi meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi mumkin bo‘lgan Rossiyaning olti riteyleridan iborat ro‘yxatni tasdiqlagandi. Unga ko‘ra, meva-sabzavot mahsulotlari oldindan to‘lovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivisiz yoki birinchi darajali xorijiy bank kafolatini rasmiylashtirmasdan jo‘natilishi mumkin. Ro‘yxatdan "Tander" AJ ("Magnit" chakana savdo tarmog‘i), X5 Retail Group, "Xolidey" DK hamda "Mariya-Ra", "Monetka" va "Chelni-xleb" do‘konlar tarmoqlari joy olgan.

"Men bu orqali O‘zbekiston Rossiya bozorining 60%ini yo‘qotmoqda, deb hisoblayman, chunki ular savdo tarmoqlariga ustunlik bergan. Bu yerda O‘zbekistonning strategik xatosi muhim xaridorlarni chetga surishdir", — dedi Lisovskiy Toshkentda bo‘lib o‘tgan Rossiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligiga bag‘ishlangan davra stolida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlariga "biznes plyus" toifasida – ulgurji sotuvchilar, kichik va o‘rta magazinlar, bozorda talab katta.

Senator Rossiyadagi barcha salohiyatli xaridorlarga teng sharoit yaratish lozim deb hisoblaydi.

"Agar ushbu ro‘yxatda yo‘q bo‘lsang, mahsulotga yuz foiz oldindan pul to‘lashing kerak, tez buziladigan mahsulotlarga esa buni qo‘llab bo‘lmaydi", — dedi Lisovskiy. U Rossiyaga meva-sabzavot yetkazib berishdagi muammolar qatorida O‘zbekistondagi ulgurji-tayyorlov bazalarining zaifligi, "O‘zagroeksport"ning narx belgilashdagi monopoliyasi, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston hududlari bo‘ylab meva-sabzavotlarni yetkazish tariflari bo‘yicha hal qilinmagan masalalarni aytib o‘tdi.

Plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xorijga 6 million dollarlik meva-sabzavot eksport qiladi

"Hozirda bozorimizga Turkiya faollik bilan qaytmoqda. Ular Rossiya uchun narxlarni juda ham arzonlashtirib yuborishdi. Agarda vaqt qo‘ldan boy beriladigan bo‘lsa, o‘zbekistonlik mahsulot yetkazib beruvchilar ularni bozordan chiqarishlari juda qiyin bo‘ladi", — dedi senator.

"O‘zagroeksport"ning ma’lumot berishicha,O‘zbekiston 2017-yilda meva-sabzavot yalpi eksportini 1,55 martaga — 1,27 million tonnagacha oshirmoqchi. Kompaniya mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaga mahsulot yetkazish umumiy eksport hajmining 60%ga yaqinini tashkil etadi. O‘zbek kompaniyalari 2016-yil davomida Rossiya hududida meva-sabzavotlar savdosiga ixtisoslashgan oltita savdo uyini ochdi.

Yangiliklar lentasi
0