Rossiyaga UzAgro brendi ostida dastlabki meva-sabzavot mahsulotlari jo‘natildi

© PixabayFrukti na rinke
Frukti na rinke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UzAgro brendi ostidagi o‘zbek meva va sabzavot mahsulotlarining keng ko‘lamli eksporti mazkur sohadagi eksport hajmini oshirish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekistondan Rossiyaga ilk bor meva-sabzavot mahsulotlari UzAgro brendi ostida jo‘natildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Mahsulotlarning birinchi partiyasi aviatransport orqali "O‘zagroeksport"ning Moskva shahridagi savdo uyiga jo‘natildi. O‘n turdan ortiq sarxil va quritilgan mevalar, shuningdek 40 tonna uzum charter reys orqali Rossiyaga jo‘natildi.

Plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xorijga 6 million dollarlik meva-sabzavot eksport qiladi

"O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, UzAgro brendi ostidagi o‘zbek meva va sabzavot mahsulotlarining keng ko‘lamli eksporti mazkur sohadagi eksport hajmini oshirish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Endilikda UzAgro brendi mahsulotlarini tashish ishlari nafaqat avto va temir yo‘l orqali, balki aviatransport orqali ham amalga oshirilmoqda.

"Meva-sabzavot mahsulotlarini aviatransport orqali tashish Rossiya bozoridagi xaridorlarga yuqori sifatli sarxil, ekologik toza mahsulotni sotib olish imkonini beradi", — deyiladi kompaniya matbuot xizmati tomonidan.

Shuningdek "O‘zbekoziqovqatxolding" Rossiyaning eng yirik X5, Magnit, Xolidey, Mariya-Ra kabi savdo tarmoqlari bilan sarxil va qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishga doir shartnomalarni imzoladi. Sarxil meva-sabzavotlarni har hafta yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elor G‘aniyev respublika Rossiyaga yillik meva-sabzavot yetkazib berish hajmini bir milliard dollargacha oshirmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi. Joriy yilning o‘zida O‘zbekistondan Rossiyaga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish 30%ga oshdi.

Yangiliklar lentasi
0