Jamiyat

Oʻzbekistonda Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich /  / Mediabankka oʻtishVыstavka "Bal Robotov"
Vыstavka Bal Robotov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Innovatsiyalar vazirligi yaratilishi munosabati bilan, oldin ushbu sohada faoliyat yuritgan bir qator tashkilotlar faoliyati tugatiladi ularning shtat birliklari yangi vazirlikka oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish haqida 5264-sonli prezident farmonini imzoladi.

Innovatsion  rivojlanish vazirligi — ilgʻor xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni taʼminlash maqsadida tashkil qilindi, deyilgan qaror matnida.

"Belgilansinki, Vazirlikning faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlik bilan majburiy tartibda kelishilishi shart", — deyilgan qaror matnida.

Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Yangi vazirlikning asosiy vazifalari:

mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshiradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish;

V tsexe sborki zavoda kompanii Samsung Electronics - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Innovatsiya markazi buyurtmalar qabul qilishni boshladi

davlat xizmatlari koʻrsatishning samaradorligini oshirish,  davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish; 

hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror oʻsishi, aholining farovonligi yuksalishi uchun fan va innovatsiya rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish; 

innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish, ularning yanada rivojlanishini taʼminlovchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish; 

yosh avlodning ijodiy gʻoyalari va ishlanmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish,

ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar tashkil etish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; 

tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni, muqobil energiya manbalarini, keng qoʻllash va faol joriy etish; 

sogʻliqni saqlash sohasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish, shuningdek, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish kompleks tizimni yaratish;

Kitoblar - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda fan dasturlari yangidan ishlab chiqiladi

agrar sohaga innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni jalb qilish va yaratish va boshqalar.  

Shuningdek qarorda aytilishiga koʻra, Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; 

Innovatsiya faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni toʻplash va umumlashtirishni amalga oshiradi; 

Vazirlik faoliyatiga doir bir qator holatlar:

Innovatsiyalar vazirligi yaratilishi munosabati bilan, oldin ushbu sohada faoliyat yuritgan quyidagi tashkilotlar 2018 yilning 1 yanvaridan tugatiladi:

Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi; 

Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi; 

Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi hamda uning Ijro etuvchi direktsiyasi.

Yuqorida koʻrsatilgan tugatilayotgan idora va muassasalarning boʻshayotgan shtat birliklari Vazirlikka oʻtkaziladi. 

Farmonning toʻliq matni bilan prezident rasmiy saytida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0