Jamiyat

Innovatsiya markazi buyurtmalar qabul qilishni boshladi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka oʻtishV tsexe sborki zavoda kompanii Samsung Electronics
V tsexe sborki zavoda kompanii Samsung Electronics - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Innovatsiya markazining asosiy maqsadi AKT sohasida ishlab chiqarish, taʼlim va ilm-fan integratsiyasini chuqurlashtirish, shuningdek, iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalari rivoji uchun qulay sharoitlarni yaratishdir

TOSHKENT, 26 avg — Sputnik. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha "Mirzo Ulugbek Innovation Center" Innovatsiya markazi 25 avgustdan buyurtmalar qabul qila boshladi hamda oʻzining rasmiy saytini ishga tushirdi.

Maʼlum qilinishicha, buyurtmalar onlayn rejimda markaz rasmiy sayti orqali, shuningdek, shaxsan yoki pochta aloqasi orqali ham qabul qilinadi.

Geymerы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda Ulugʻbek nomidagi “silikon vodiysi” tashkil qilinadi

Oʻzbekistonning qaysi hududida roʻyxatdan oʻtganligidan qatʼi nazar, barcha yuridik shaxslar Innovatsiya markazining rezidenti maqomini olishga nomzod boʻlishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, "Mirzo Ulugbek Innovation Center" Innovatsiya markazi Oʻzbekiston prezidentining "Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan tashkil etilgan.

Innovatsiya markazining asosiy maqsadi AKT sohasida ishlab chiqarish, taʼlim va ilm-fan integratsiyasini chuqurlashtirish, shuningdek, iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalari rivoji uchun qulay sharoitlarni yaratishdir.

Prezident farmoni bilan Innovatsiya markazi ishtirokchilariga bir qator imtiyoz va preferentsiyalar taqdim etilgan. Jumladan, 2028 yilning 1 yanvariga qadar markaz rezidentlari soliq va majburiy toʻlovlardan ozod etildilar. Rezident ishchilar uchun daromadlar jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan qayd qilingan stavka boʻyicha 7,5 foiz soliq undirilishi, Pensiya jamgʻarmasiga 4,5 foiz stavka boʻyicha sugʻurta badallari toʻlashlari koʻzda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0