TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Endi Toshkent xalqaro aeroportida faoliyat ko‘rsatuvchi barcha Duty Free do‘konlarida mahsulotlarni milliy valyutada sotib olish mumkin, deb xabar qildi NUZ.UZ nashri.
Bugungi kunda do‘kondagi mahsulotlarning narxi dollar va yevro valyutalarida yozilgan. Lekin xaridorlar mahsulotlar milliy valyutada to‘lashmoqchi bo‘lsa, narxlar Markaziy bank kursi bo‘yicha hisoblab berilishi mumkin.
Duty Free do‘konlaridan to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan valyutalar ro‘yxati o‘tgan haftada kengaytirildi. Bu Toshkent aeroportida yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy qilindi.
Ko‘plab dunyo mamlakatlari xalqaro aeroportlarida bojsiz savdo do‘konlarida mahsulotlar davlat milliy valyutada sotiladi. Bundan avval Toshkent aeroportida joylashgan Duty Free do‘konlarida mahsulotlar faqat dollar va yevroga sotib olish mumkin edi.
Duty Free bojsiz savdo do‘konlarida mamlakat tashqarisiga olib chiqib ketiladigan mahsulotlar sotiladi. Ularning qiymatiga ayrim bojxona to‘lovlari, aksiz, shuningdek qo‘shilgan qiymat soliqlarining qiymati hisobga olinmagan. Ushbu turdagi do‘konlar asosan davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida (aeroport, vokzal) tashkil qilinadi.