TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Afg‘onistondan birinchi bort kelib qo‘ndi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Reys Afg‘onistonning Kam Air aviakompaniyasi tomonidan bajarildi. Shu tariqa ikki davlat o‘rtasidagi aviaparvozlarga asos solindi.
"Bizning aviakompaniyamiz ikki poytaxt o‘rtasida aviaparvozlarni ochgan birinchi xususiy tijorat aviakompaniyasi bo‘lganligidan faxrlanamiz. Ta’kidlab o‘tmoqchimanki, Kam Air — Afg‘onistonning rivojlanib kelayotgan aviakompaniyasi bo‘lib, unda yuqori malakali professionallar faoliyat yuritadi. Biz ishonchli va texnik jihatdan ta’minlangan aviakompaniya bo‘lmish "O‘zbekiston havo yo‘llari" bilan hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz", — deb aytgan o‘z nutqi davomida kompaniya asoschisi va rahbari Zamari Kamgar.
Qobul-Toshkent reysi bo‘yicha muntazam parvozlar 8-dekabr sanasidan yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu yo‘nalishda samolyotlar chorshanba va yakshanba kunlari parvozlarni amalga oshiradilar. Yaqin vaqtda o‘zbek avialiniyalari ham bu marshrut bo‘yicha reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.