Uzbekistan airways Tailand va Malayziyaga qo‘shimcha qatnovlarni kiritdi

© Gennady MiskoSamolyot aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Kuala-Lumpur va Bangkokga 2 ta qo‘shimcha qatnovlar amalga oshirilishini ma’lum qildi

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Milliy aviakompaniya matbuot xizmati yangi yil bayrami munosabati bilan Tailand va Malayziyaga qo‘shimcha parvozlar amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Jadvalga asosan Bangkokga 29-dekabr va 2018-yil 5-yanvar kunlari qo‘shimcha qatnovlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, Kuala-Lumpurga 25-dekabr va 2018-yil 4-yanvar kuni qo‘shimcha qatnovlar amalga oshiriladi.

Qatnovlar zamonaviy qulay Boeing-767 havo kemalarida bajariladi.

Yangiliklar lentasi
0