TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Haqiqatdan ham O‘zbekistonda polietilen paketlardan iborat musor nafaqat axlatxonalarni, balkim bancha yon-atrofni to‘ldirib yuborgan. Ushbu muammoni hal qilish maqsadida O‘zbekistonda polietilen paketlarni pullik qilishga qaror qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Polietilen paketlarni barcha savdo nuqtalarida cheklanmagan miqdorda bepul tarqatish oqibatida bugungi kunda O‘zbekistonda poletilen axlati miqdorining keskin ko‘payishiga olib kelmoqda. Xalqaro press-klubda bo‘lib o‘tgan majlisda ushbu masala muhokama qilindi.
Ekspertlar ushbu muammoni hal qilishning turli yo‘llarini taklif qilishdi. Davlat Geologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Aybek Adxamjanov aytishiga qaraganda, haqiqatdan ham plastik paketlar tabiatga zarar keltirmoqda. Mutaxassis fikriga ko‘ra, ularning sifatini oshirib, tarkibida organik elementlar ko‘proq qo‘shish kerak.
Oliy Majlis deputati Farxodjon Quvvatovning fikriga ko‘ra, mamlaktda ushbu paketlarni bepul tarqatishni cheklab, faqat pulga sotish tartibini kiritsh kerak.
“Bugungi kunda biz axlatni qayta ishlash va utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanmoqdamiz. Buning uchun yangi texnologiyalarning turli xillari qo‘lanilmoqda. Shu bilan bir vaqtda plastik paketlarni pullik qilish vaqti ham keldi.Bu aholini ulardan kamroq foydalanishga undashi mumkin”, — dedi deputat.
Shuni qayd etish kerak-ki, bugungi kunda dunyoning 40 mamlakatida polietilen paketlardan foydalanishga ta’qiq kiritilgan. Yevropa mamlakatlari va Rossiyada ham polietilen paketlar faqat sotilishi mumkin. Sotuvdan tushgan mablag‘ esa plastik axlatni qayta ishlashga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston hukumati oxirgi yil davomida butun mamlakat bo‘ylab qarovsiz yerlarda qoldirilgan chiqindilarga qarshi kurashmoqda. Ushbu maqsadda respublikada “Toza hudud” nomli 13ta davlat unitar korxonasi tashkil qilindi. Shahar va tumanlarda ularning 174ta filiali ochildi. Buning evaziga 10 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Yaqin orada 482ta zamonaviy konteynerlar bilan jihozlangan, chiqindi jamlash punktlari qurish rejalashtirilgan. Ulardan 289 tasining loyiha hujjatlari tasdiqlanib, qurilish tashkilotlaribilan kerakli hujjatlar imzolangan.
Shuningdek yil oxiriga qadar 52 mlrd so‘m evaziga 158ta assenizatsiya avtomobillari sotib olish rejalashtirilgan. Samarqand vtomobil zavodi bilan 122ta ana shunday avtomobil sotib olish haqida shartnoma imzolangan.