Akayevning "boshida o‘ynagan" Yelsinning qoshiqlari - Feliks Kulov hikoya qiladi

© Sputnik V.ChistakovArxivnoe foto prezidenta Rossii Borisa Yelsina i prezidenta Kirgizstana Askara Akayeva vo vremya priyezda delegatsii iz RSFSR s ofitsialnim vizitom v Kirgizstan
Arxivnoe foto prezidenta Rossii Borisa Yelsina i prezidenta Kirgizstana Askara Akayeva vo vremya priyezda delegatsii iz RSFSR s ofitsialnim vizitom v Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin Askar Akayevning boshiga qoshiqlar bilan urgani haqida oxirgi marta Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev esga olgan edi

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Siyosiy arbob Feliks Kulov Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin qirg‘izistonlik hamkasbi Askar Akayevning boshini qoshiqlar yordamida "baraban" qilgani haqidagi mish-mishlarni inkor etdi.

Yelsin Akayevning boshiga qoshiqlar bilan tushirgani haqidagi mish-mishlar 20-yildan buyon tilga olinib keladi. Yaqinda bu haqda Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev ham esga oldi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Chto Atambayev skazal o YeAES i prixotax odnogo cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev "baraban" bo‘lgan Akayevning boshi va ayrim podshohchalarning xarxashasi haqida gapirdi
"Bu 1990-yillarning boshida Issiq-Ko‘ldagi prezident qarorgohida, kechki banket vaqtida ro‘y bergan edi — men u yerda Ichki ishlar vaziri sifatida ishtirok etayotgandim. Qirg‘iz qo‘muzida musiqa chalina boshlagach, Yelsin bir vaqt sakrab turib, ikki dona osh qoshiqni oldida, ularni musiqa taktiga monand ura boshladi. Avvaliga o‘zining boldirlariga, so‘ngra — stol bo‘ylab, turli predmetlarga, har tomonga qarab, yon-atrofida o‘tirganlarning boshlari uzra qo‘llarini silkita ketdi", — hikoya qildi Kulov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yelsinning chap tomonidan o‘tirgan Akayev va o‘ng tomonidan joy olgan yana bir boshqa kishi, sezgirlik qilib, o‘zlarini yonga olishgan, shu bois, garchi qoshiqlar "xavfli darajada yaqin masofadan o‘tib ketgan" bo‘lsada, Rossiya prezidentining qo‘li hech kimga tegmagan.

"Shuni ta’kidlash lozimki, Yelsin o‘zi yo‘l qo‘ygan xatolikni darhol ilg‘adi va boshqa odamni qo‘rqitadigan harakatlarga yo‘l qo‘ygani yo‘q. Men diagonal bo‘ylab o‘tirganim uchun, Yelsin qoshiqlar bilan Akayevning boshiga urmaganini aniq ko‘rganman", — deb yozadi Kulov.

Prezident Kazaxstan Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev hech qachon kechirmasligini bilardim - Atambayev
Siyosatchi, shuningdek, xuddi shunday voqea Toshkentda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida ham ro‘y berganini esga olgan: musiqa yangray boshlagach, Yelsin yana qoshiqlarga yopishgan. Kulovning aytishicha, uning yonida o‘tirgan Islom Karimov va Nursulton Nazarboyevlar darhol xavfsiz masofaga surilib olishgan.

"Yelsinning qoshiqlar yordamida "dirijerlik" qilish odati haqida butun dunyo bilar edi, ammo u hech qachon tasodifan kimgadir tegib ketmagan yoki kimnidir kulgiga qo‘ymagan. Biz endi shu darajada mustaqilmizki, boshimizga qoshiq bilan urdirib qo‘ymaymiz, degan ma’noni ko‘rsatib berish uchun bu misolni keltirishni o‘zimga ep ko‘rmayman, ammo buni aytishim lozim", — deya xotima qilgan siyosatchi.

Feliks Kulov Sputnik Qirg‘iziston muxbiriga juda ko‘pchilik bu haqda xotiralarni chop etishni iltimos qilib kelishganini aytib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0