Nazarboyev hech qachon kechirmasligini bilardim - Atambayev

© Sputnik / Sergey Guneev / Mediabankka o‘tishPrezident Kazaxstan Nursultan Nazarbayev
Prezident Kazaxstan Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev o‘zining har bir nutqini nuqta-verguligacha o‘ylab yozishini alohida qayd etdi

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev ish faoliyatida alohida jonbozlik ko‘rsatgan fuqarolarni taqdirlash marosimida o‘zining ko‘plab hatti-harakatlari sabablari xususida to‘xtalib o‘tdi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Chto Atambayev skazal o YeAES i prixotax odnogo cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev "baraban" bo‘lgan Akayevning boshi va ayrim podshohchalarning xarxashasi haqida gapirdi
"Juda ko‘pchilik "Atambayev yana og‘ziga kelganini gapirdi", deb fikr bildirayotgani bilan, o‘z nutqlarimda his-hayajonga berilsamda, har bir gapimni o‘ylab gapiraman. Ayrim gaplarni aytayotganimda, juda kuchli dushmanlar orttirib olayotganimni tushunardim. AQSh bazasini mamlakatdan chiqarayotganimda, bunga hech kim ishonmagan, hatto amerikaliklarning o‘zlari ham. Bu bazani mamlakatda joylashtirib, Oq uyga bu yerda "boshqarishga" yo‘l qo‘yib berib, biz ikki qudratli davlat — Rossiya va Xitoyni xafa qildik", — dedi Atambayev.

Atambayev, qo‘shnilar bilan bo‘ladigan do‘stlik aloqalari AQSh ko‘rsatadigan yordamdan ustun ekanligini qayd etib o‘tdi.

"Ba’zan, aksincha, munosabatlarga (qo‘shni davlatlar bilan) putur yetkazishga to‘g‘ri kelgan. Yo‘q, o‘ylamang, Karimov meni kechirmasligi yoki Nazarboyev kechirmasligini tushunish menga xursandchilik baxsh etmagan… Agar men BMTda yoki hozirgacha sukut saqlaganimda, ehtimol hozir mamlakatni "yugurdak" boshqarayotgan bo‘lardi", — deb ta’kidladi Atambayev.

Atambayev, shuningdek, do‘stlari va qarindoshlariga katta-katta amallarni bermagani uchun ularni yo‘qotib qo‘ymaganligini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0