Atambayev "baraban" bo‘lgan Akayevning boshi va ayrim podshohchalarning xarxashasi haqida gapirdi

Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidentining fikricha, Qozog‘iston rahbariyatining harakatlari va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining harakatsizligi ittifoq sha’niga katta dog‘ tushirmoqda

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Qirg‘iziston Respublikasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha Milliy kengash majlisida prezident Almazbek Atambayev YeOIIdagi ahvolni hamda qirg‘iz-qozoq chegarasidagi holatni keskin tanqid qildi.

Atambayev rasskazal o Djumakadirove — video s emotsiyami prezidenta - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev qozoq hukumati haqida nima dedi - prezident chiqishidan video
Atambayevning so‘zlariga ko‘ra, biznesni rivojlantirish uchun yirik bozor kerak va Qirg‘iziston YeOIIga "katta umidlar" bilan qadam qo‘ygan. Atambayev bu qaror to‘g‘riligini ta’kidlagan holda, mamlakat ushbu uyushma tarkibida qolishi kerak, dedi.

"Men har kuni Rossiya va Qozog‘iston OAVlarini o‘qib boraman, ularning yozishicha, Atambayev YeOIIni qulatish niyatida emish. Bu g‘irt safsata. Qirg‘izistonning ittifoqdan chiqish niyati bo‘lmagan va chiqmaydi ham", — dedi Atambayev.

Qirg‘iziston rahbari, aslida respublika mana bir oydan ziyod vaqt bo‘libdiki, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidan ajralib qolganini ma’lum qildi.

"Bularning hammasi Qozog‘iston rahbariyati xarxashalari tufayli. Xo‘sh, qaysi birimiz ittifoqqa barham bermoqchi ekanmiz? Buni faqat o‘ta ketgan ahmoqlar ko‘rmaydi, va ko‘rishni istamayotganlar buyurtma maqolalarni yozish bilan band. Qonunni hurmat qilish va ichki ishlarga aralashmaslik talabini qo‘ygani uchun Qirg‘izistonni qamalda qoldirishdi. Agar hammasi kelishuvlarga emas, ayrim prezidentlarning xarxashasiga bog‘liq ekan, YeOII yuqori madaniyatli iqtisodiy blokka aylana olarmikin? Ittifoqqa a’zo mamlakatlar rahbarlarining butkul befarqligi meni hayratga solmoqda. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi rahbari Tigran Sargsan hozir bu muammo haqida bong urishi kerak emasmidi? Ular hammasiga tupurgan", — deb ta’kidladi Atambayev.

Qirg‘iziston prezidentining fikricha, Qozog‘iston rahbariyatining harakatlari va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining harakatsizligi ittifoq sha’niga katta dog‘ tushirmoqda.

"Qog‘ozlarda bori amal qilmaydigan, hammasi allaqanday podshohchaning xarxashalariga bog‘liq joyga kim ham a’zo bo‘lishni istardi?", — deb savol bergan Atambayev.

Atambayev shuningdek, 2014-yil "boshqa bir prezidentning xarxashasi tufayli bizni gazdan mahrum qilishgandi", — deya eslatib o‘tdi.

Chto Atambayev skazal o YeAES i prixotax odnogo cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev YeOIIdan qilgan umidlari puchga chiqqanligini aytdi
"O‘shanda ko‘pchilik qarib qolgan diktatorga ta’zimga borishni taklif etgan edi… O‘z vaqtida esa Askar Akayevning boshi Yelsin uchun eng yaxshi baraban vazifasini o‘tagan", — dedi prezident.

Atambayev mamlakatning yangi saylangan rahbarini, bosh vazirni va hamda JQ spikerini bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

"Agar o‘zimizni hurmat qilmasak, kim bizni hurmat qiladi? Hozir ham kechirim so‘rash kerakligi, yetti bukilib ta’zim qilish lozimligi haqida qichqirishmoqda… Bu gaplar mamlakatimizni qadrlamaydigan "siyosiy axlat"ning og‘zidan chiqapti. Men nima uchun kechirim so‘rashim kerak? Qirg‘izistonning qonunlarini hurmat qilishni, uning ichki ishlariga aralashmaslikni talab qilganim uchunmi? Kechirimni Atambayev emas, balki surbetlarcha boshqa mamlakatning ishlariga aralashib, o‘zining "gumashtasini" bizga tiqishtirmoqchi bo‘lgan so‘rasin. Uning gumashtasi o‘tiradi, lekin prezidentlik kursisiga emas, qamoqqa o‘tiradi", — dedi Atambayev.

Qirg‘iziston rahbari respublika 2010-yildagi qamalni, 2014-yildagi energetika qamalini yengib o‘tganini aytib, bunisini ham yengib o‘tishiga ishonch bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0