"O‘ztransgaz" O‘zbekiston aholisini 1-dekabrgacha gaz ballonlar bilan ta’minlashga va’da berdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishZavod po proizvodstvu gazovix ballonov
Zavod po proizvodstvu gazovix ballonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi paytda O‘zbekiston bo‘yicha 6 million 102 ming 608 xonadon gazlashtirilgan. Ularning qariyb 3 million 320 mingtasi tabiiy gaz, 2 million 782 mingdan ortig‘i suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Joriy yilda 750 ming dona maishiy gaz balloni yetkazib berilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, hozirgi vaqtga qadar 670 mingtasi o‘z egalariga yetkazilgan. Qolgan 80 ming dona ballon 1-dekabrgacha yetkazib berilishi rejalashtirilgan, dedi jurnalistlarga "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i Akmal Eshonqulov.

Elektricheskaya podstansiya - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekenergo"dan va’da: qish mavsumida elektr toki yetkazib berishda uzilishlar bo‘lmaydi
Eshonqulovga ko‘ra, buning natijasida maishiy gaz ballonlari soni 3 million 700 mingtaga yetadi.

O‘zbekistonda aholiga yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz narxi bozor narxidan bir necha barobar arzon. Shu bilan birga maishiy gaz ballonining narxi qariyb 300 ming so‘mni tashkil etsa-da, u aholiga tekin taqdim qilinmoqda. Bu haqda 

Jamiyat tomonidan aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etilganidek, joriy yil yakuniga qadar iste’molchilarga 376 ming 283 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 125 ming tonnaga ko‘pdir. Joriy mavsumda qo‘shimcha ravishda yana 26 ming 576 tonna suyultirilgan gaz ajratilgan bo‘lib, bu har bir xonadonning oylik o‘rtacha ta’minot darajasini 10 kilogrammdan 15 kilogrammgacha oshirish imkonini beradi.

Mutaxassislarning fikricha, suyultirilgan gaz faqatgina ovqat tayyorlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 50 litrlik maishiy gaz ballonlarida yetkazib berilayotgan gaz bir xonadonga 40 kungacha yetishi mumkinligini ko‘rsatgan. Shunga qaramay ayrim xonadonlarda gaz ballonlaridan isitish va boshqa maqsadlar yo‘lida foydalanilishi oqibatida gaz yetmay qolishi kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda gaz va svet uchun ustama narxlar joriy etiladi
Hozirgi paytda O‘zbekiston bo‘yicha 6 million 102 ming 608 xonadon gazlashtirilgan. Ularning qariyb 3 million 320 mingtasi tabiiy gaz, 2 million 782 mingdan ortig‘i suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan.

Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-iyundagi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini 2017/2018 yillarning kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlash to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, joriy yilning o‘tgan davrida "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati tomonidan 99,6 kilometr gaz quvurlari ta’mirlangan, 236,7 kilometri rekonstruksiya qilingan, 68 ming 559 dona gaz taqsimlash punkti nazorat tekshiruvidan o‘tkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0