TOShKENT, 14 noya — Sputnik. 2020-yil 1-yanvar sanasidan O‘zbekistonda indeksatsiya qilinadigan investitsiyaviy ustama joriy etiladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida dastlabki bosqichda 2 million dona elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish uskunalari, shuningdek, dasturiy ta’minot, qo‘shimcha asbob-uskuna, boshqa zarur texnika vositalari xarid qilinishini ko‘zda tutilgan.
Shu tariqa iste’molchidan davlat ko‘rigidan, xizmat ko‘rsatish va boshqa ishlarni o‘tkazish uchun yechib olingan hisobga olish uskunasining o‘rniga zudlik bilan "O‘zbekenergo" AJ va "O‘ztransgaz" AJ mablag‘lari hisobidan boshqa ko‘rikdan o‘tgan hisobga olish uskunasi o‘rnatiladi.
Loyiha doirasida o‘rnatiladigan hisobga olish uskunalarining davlat ko‘rigi "O‘zstandart" agentligi tomonidan har 10-yilda amalga oshiriladi, hisobga olish uskunalarini davlat ko‘rigiga topshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish esa "O‘zbekenergo" AJ, "O‘ztransgaz" AJ va Buro tomonidan ta’minlanadi.
Mamlakat rahbari respublika hududiga loyihaning texnik parametrlariga mos kelmaydigan hisobga olish uskunalari va qo‘shimcha vositalarni olib kirishni taqiqlashi e’tiborni jalb qiladi.
Yana bir muhim jihat — yaqin kelajakda respublikada xorijiy kompaniya ishtirokida yuqorida ko‘rsatilgan hisobga olish uskunalari va qo‘shimcha vositalarni mahalliy ishlab chiqarish tashkil etiladi.