O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida qariyb 9 milliard $lik shartnomalar imzolandi

© Press-sentr po osvesheniyu gosudarstvennogo vizita Prezidenta Uzbekistana v Respubliku KoreyaPodpisanie soglasheniya mejdu AO "Uzbekengilsanoat" i pravitelstvom respubliki Koreya
Podpisanie soglasheniya mejdu AO Uzbekengilsanoat i pravitelstvom respubliki Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif birinchi kunida vakolatli idoralari tomonidan energetika, neftgaz, bank va boshqa sohalar bo‘yicha 75 ta hujjat imzolandi

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi birinchi kunida Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida umumiy qiymati 8,9 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi, deb xabar qildi prezident tashrifini yoritish matbuot markazi tomonidan.

Zavod Hyundai v Yujnoy Koree - Sputnik O‘zbekiston
Hyundai O‘zbekistonda qanday avtomobil ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy qiymati 8,94 milliard dollarlik 75 ta hujjat imzolandi.

Jumladan, energetika va neftgazkimyo sohasida — 3,0 milliard dollar, bank-moliya sohasida — 2,7 milliard, qurilish va infratuzilmani rivojlantirish sohasida — 1,7 milliard dollar shartnomlar tuzildi.

Bundan tashqari, "Olmaliq TMK" jamiyati va Koreya noyob metallar instituti (KIRAM) ilmiy-texnika va innovatsiya sohalarida "yo‘l haritasi" imzolandi. Koreya xodimlarni rivojlantirish instituti va O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasidai hamkorlik memorandumi imzolandi. Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va O‘zbekiston investitsiya masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2019 yillar hamkorlik dasturini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v Yujnoy Koree - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi
Koreya O‘zbekistonda eng ko‘p sarmoya kiritgan davlatlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda respublikada Koreya sarmoyasi asosida 461 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 2017-yil yanvar-oktabr oylarida ikki davlat o‘rtasida tashqi savdo aylanuvi 1,3 baravarga ortib, qiymati 1,1 milliard dollarga yetdi.

O‘zbekiston prezidentining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi 25-noyabrgacha davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0