Hyundai O‘zbekistonda qanday avtomobil ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi

© AFP 2023 / STRZavod Hyundai v Yujnoy Koree
Zavod Hyundai v Yujnoy Koree - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda avtomobillarni yakka ishlab chiqarish bilan GM Uzbekistan shug‘ullanmoqda, uning tarkibiga Andijon, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridagi zavodlar kiradi. Kompaniya turli narx toifadagi 10 turdagi avtomobillar ishlab chiqariladi

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Hyundai avtomobil zavodi O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarmaydi, deb ma’lum qildi Kia Motors Uzbekistan  vakolatxonasi.

Shavkata Mirziyoyeva torjestvenno vstretili v Seule - Sputnik O‘zbekiston
Mun Chje In Mirziyoyevni Koreyaga nima uchun taklif qilganiga izoh berdi

Respublikada Hyundai avtomobil ishlab chiqarish boshlanishi to‘g‘risidagi xabar katta shov-shuv keltirib chiqargandi. Ko‘pchilik endi GM Uzbekistan monopoliyasini tugatiladi deb o‘yladi. Afsuski, Janubiy Koreya kompaniya vakillari raddiya berishdi.

"Biz bir qator kichik, o‘rta va og‘ir yuk ko‘taruvchi mashinalar, shahar, shaharlararo va sayyohlik toifadagi avtobuslar, shuningdek maxsus texnika ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdamiz. Loyiha xorijiy kompaniyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladigan qiymati 200 million dollarlik investitsiyalar hisobidan amalga oshirish ko‘zda tutilgan", — deb ta’kidlandi kompaniyada.

Bundan tashqari, Kia Motors Uzbekistan ma’lumotlariga qaraganda, respublikada vilkali yuk ortuvchi mashinalar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 50 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.

Barcha loyihalarni MDHdagi KIA va Hyundai rasmiy distribyuterlari bo‘lgan — Evergreen Motors kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Noviy vnedorojnik Shevrole Treker - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan 2019-yildan yangi avtomobillar ishlab chiqara boshlaydi
Ta’kidlab o‘tamizki, O‘zbekistonda avtomobillarni yakka ishlab chiqarish bilan GM Uzbekistan shug‘ullanmoqda, uning tarkibiga Andijon, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridagi zavodlar kiradi. Kompaniya turli narx toifadagi 10 turdagi avtomashinalar ishlab chiqariladi.

Shu kunlarda kompaniya O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab Chevrolet Tracker va yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobillari ishlab chiqarila boshlanishi ma’lum qilgandi.

Yangi avtomobil 1,8 litr hajmga va 140 ot kuchiga ega bo‘lgan dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 100 km masofani bosib o‘tish uchun 8,1 litr yonilg‘i sarflaydi. Yangi avtomobilni ishlab chiqarish to‘liy jarayon bo‘yicha: kuzov detallarini qolipdan chiqarish, payvandlash, bo‘yash va jamlash orqali amalga oshiriladi. Avtomobilni lokalizatsiya qilish darajasi 50%dan oshishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0