TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje Inning tor doiradagi muzokarasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Prezidentlar shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarni ham muhokama qilishdi.
Avvalroq Koreya prezidentining "Chong Va De" ("Moviy saroy") qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.