TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, 24-noyabrda Qoraqalpog‘istonda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 25-noyabrda yomg‘ir ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 26-noyabrda ayrim joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat 23-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi, 24-26 noyabrda kechasi 0-5 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 darajagacha iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida 24-noyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 25-noyabrda yomg‘ir ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 26-noyabrda ayrim joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat 23-noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi, 24-26 noyabrda kechasi 0-5 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 darajagacha iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 23-24 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25-26 noyabrda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Harorat 23-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. 24-noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi, 25-26 noyabrda kechasi 2-7 darajagacha iliq, kunduzi 7-12 darajagacha iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 23-24 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25-26 noyabrda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda 26-noyabrda qorga aylanishi mumkin. Harorat 23-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 24-noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi, 25-26 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 23-24 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25-26 noyabrda yomg‘ir yog‘adi. Harorat 23-25 noyabrda kunduzi 17-22 daraja iliq, 26-noyabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 23-25 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26-noyabrda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 23-24 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25-26 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat 23-24 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi, 25-26 noyabrda kechasi 3-8 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 darajagacha iliq bo‘ladi.