Ob-havo: ertaga tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin

© Sputnik / Vladimir Semenyuk / Mediabankka o‘tishBirinchi qor
Birinchi qor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning tog‘li hudularida 3-oktabr kunlari havo harorati +1...+3 darajagacha sovib, yomg‘ir yog‘ishi va u qorga aylanishi mumkin.

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Gidrometerologiya markazi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda 3-4 oktabr kunlari havo sovib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanish ehtimoli bor.

Nukus va Urganch viloyatlarida havo harorati +10…+15 daraja iliq bo‘lib, o‘zgaruvchan bulutli havo kutiladi. Shamol  tezligi 5-10 m/s bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati +15…+20 daraja iliq bo‘lib, o‘zgaruvchan bulutli havo kutiladi. Shamol  tezligi 5-10 m/s bo‘ladi.

Samarqand, Qarshi, Jizzax va Gulistonda  havo harorati +15…+20 daraja iliq bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Sharqiy shamol  tezligi 5-10 m/s bo‘ladi.

Termezda va Surxondaryo viloyatida havo harorati  +20…+25 daraja issiq bo‘lib, o‘zgaruvchan   bulutli havo kutiladi. Shamol  tezligi 5-10 m/s bo‘ladi.

Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida havo harorati  +15…+20 daraja iliq bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Sharqiy shamol  tezligi 5-10 m/s bo‘ladi.

Toshkentda havo harorati +17…+19 daraja iliq bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Shamol  tezligi 5-10 m/s bo‘ladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Chimon, Chorvoq tog‘larida va Qamchiq doaonida 3-oktabr kuni qor yog‘ish ehtimoli bor.  

Chimon tog‘larida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yomg‘ir qorga aylanish ehtimoli bor. Havo harorati kechasi +3…+5 daraja, kunduzi +7…+9  daraja bo‘lishi kutilmoqda

Chorvoqda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yomg‘ir qorga aylanish ehtimoli bor. Havo harorati kechasi +4…+6 daraja, kunduzi +9…+11 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qamchiq dovonida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yomg‘ir qorga aylanish ehtimoli bor. Havo harorati kechasi +1…+3 daraja, kunduzi +3…+5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0