O‘zbekistonda havo minus 2 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Berlin
Goroda mira. Berlin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sinoptiklarning ma’lum qilishlaricha, ayrim hududlarda harorat kechasi -2 darajagacha tushadi

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. 13-noyabrdan boshlab butun respublika bo‘ylab havo harorati pasayishi kutilmoqda, deb yozadi uznews.uz. Sinoptiklarning ma’lum qilishlaricha, ayrim hududlarda harorat kechasi —2 darajagacha tushadi.

Toshkents, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida o‘zgaruvchan ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 12-13 noyabr kunlari kechasi +7…+12, 14-15 noyabr kunlari +5…+10 daraja, 12-noyabr kunduzi +18…+23, 13-15 noyabr kunlari +10…+15 darajagacha bo‘ladi.

Posledstviya shtormovogo vetra v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ob-havo: O‘zbekistonda yana kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda

Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida 12-noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 12-13 noyabr kunlari kechasi +2…+7, 14-15 noyabr kunlari —2…-3 daraja, 12-noyabr kunduzi +12…+17, 13-15 noyabr kunlari +5…+10 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, 14-noyabr kuni ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 12-13 noyabr kunlari kechasi +7…+12, 14-15 noyabr kunlari +5…+10 daraja, 12-noyabr kunduzi +18…+23, 13-15 noyabr kunlari +10…+15 darajagacha bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 14-15 noyabr kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi +8…+13, 12-noyabr kunduzi +21…+26, 13-15 noyabr kunlari +10…+15 darajagacha bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 12-14 noyabr kunlari kechasi +6…+11, kunduzi +15…+20 daraja, 15-noyabr kechasi +5…+10, kunduzi +10…+15 daraja iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0