Atambayev: Qozog‘istonni tanqid qilish menga kayf beradi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Kirgizii Almazbek Atambayev
Prezident Kirgizii Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti Qozog‘iston rahbariyatini tanqid qilishda davom etmoqda. Ommaviy axborot vositalari bilan so‘nggi bor uchrashgan Almazbek Atambayev Qozog‘istonni tanqid qilish unga xush yoqishini ma’lum qildi

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev prezident sifatida so‘nggi bor matbuot-anjumani o‘tkazdi.

Ommaviy axborot vositalari vakillar bilan uchrashuvda prezident Atambayev Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara mojarosiga to‘xtalib, qo‘shni mamlakat rahbariyatini yana bir bor tanqid ostiga oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.

Chto Atambayev skazal o YeAES i prixotax odnogo cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev "baraban" bo‘lgan Akayevning boshi va ayrim podshohchalarning xarxashasi haqida gapirdi
"Hamma narsani o‘z nomi bilan atash kerak. Bizga qamal e’lon qilishdi. Hamma yuklar o‘tapti, lekin haydovchilarimiz bir necha sutkalab navbat kutishlariga to‘g‘ri kelyapti. Biz ularga oziq-ovqat berayapmiz, tibbiy punkt ochdik. Mana bugun ham, o‘ylashimcha, million somni oziq-ovqatga ajrataman. Nima bo‘lsa ham biz ishimizga burun suqmoqchi bo‘lganlarga saboq berib qo‘ydik. Biz bundan faqat kuchayamiz, bu holat bizga zarar keltiradi, deb o‘ylamayman. Men Xudoga ishonaman, yo‘lni yopishdan va ko‘prikni buzishdan kattaroq gunoh yo‘qligini bilaman", — dedi Atambayev.

Prezidentlik postini tark etayotgan Atambayev Qozog‘iston bilan munosabatlar yaxshilanishiga ishonch bildirgan holda qo‘shni davlat rahbari nomiga tanqidiy fikrlar bildirishda davom etdi.

"Men "ishimizga aralashma" ma’nosida dars berib qo‘yganimdan afsuslanmayman. Vaziyat albata iziga tushadi, bu o‘zini madaniyatli davlat qilib ko‘rsatayotgan Qozog‘iston uchun ham foydali emas", — dedi u.

Qozog‘istonlik deputat va vazirlar tomonidan bo‘layotgan tanqidlar borasidagi savolga javob berar ekan, Atambayev yoshlar jargonidan foydalandi:

"Men ularning izohiga matbuot-anjumani boshlanishida javob bergan edim, lekin yana bir bor qaytarishim mumkin, bu menga kayf beradi", — dedi Atambayev.

Qirg‘iziston prezidenti mamlakatda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan Omurbek Babanovni ham yodga olishni unutmadi.

Omurbek Babanov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbeklar huquqi poymol etilgan, degan so‘zlari uchun Babanovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
"U boshqa mamlakat prezidentidan oq fotiha olmasdan, uning oldida tiz cho‘kmasdan, qozog‘istonlik oligarxlarga sotilmasdan o‘z yo‘lidan ketishi mumkin edi. U o‘z xalqiga qarshi chiqqani uchun Xudo uning jazosini berdi. Maksim Bakiyev bilan yurib, undan bakteriya yuqtirgan bo‘lsa kerak", — dedi Atambayev.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari 15-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mamlakat rahbarligiga 11 nomzod davogarlik qildi. Qirg‘izistonning sobiq Bosh vaziri Jeenbekov 54,7 % ovoz bilan g‘olib chiqdi.

Yangi prezident inauguratsiyasi 24-noyabr sanasiga belgilangan.

Qirg‘iz-qozoq chegarasida muammolar 10-oktabrda boshlandi. Qozog‘iston hukumati ilgariroq bu "qora" importga qarshi kurash oqibatida yuzaga keldi, deya bayonot bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0