TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Rossiyalik sarmoyadorlar O‘zbekistonda yangi shakar zavodi qurishni rejalashtirgan, deb xabar qildi "O‘zbekozikovkatxolding" vakili Sputnik muxbiriga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi shakar zavodi Toshkent viloyatidagi erkin iqtisodiy yoki kichik sanoat zonalardan birida joy lashgan bo‘ladi. Shakar zavodi Rossiyadan olib kelingan xom-ashyo asosida ishlaydi. Uning mahsulotini bir qismi qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish rejalashtirilmoqda.
Rossiyalik sarmoyador nomi va kiritilishi rejalashtirilgan sarmoya miqdori hali e’lon qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yilda ishga tushirilgan quvvati 700 ming tonna bo‘lgan “Angren shakar” shakar zavodi 108 mln $ evaziga qurilgan edi.
Ayni damda O‘zbekiston bozorida shakar taqchilligi mavjud bo‘lgani tufayli, Rossiyadan qand lavlagi shakarini olishni boshladi. Ekspertlar fikriga ko‘ra, yil oxiriga qadar 120-150 ming tonna shakar olib kelish kerak.
Ushbu yilning sentabr oyida, Rossiya qishloq xo‘jalik vaziri Aleksandr Tkachevning O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi davomida “O‘zbekoziqovqatxolding” va Rossiya Shakar ishlab chiqaruvchilari ittifoqi bilan shakar yetkizib berish haqida shartnoma imzolagan edi.
Ushbu shartnoma imzolanishiga, O‘zbekiston hukumati tomonidan shakar importi uchun bojxona soliqlarining bekor qildinishi ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan edi. Bundan oldin 15-yil davomida mamlakatda shakar importi uchun 30 % li aksiz solig‘i mavjud edi.
O‘zbekistonda har yili 700 ming tonna shakar ishlab chiqariladi. Respublika ichki bozorida ushbu mahsulot ehtiyoji “Xorazm-shakar” va “Angren-shakar” korxonalari tomonidan to‘liq qoplanishi kerak edi. Lekin shakar-qamish xom-ashyosining narxi qimmatligi tufayli, ushbu zavodlar to‘liq quvvat bilan ishlmayapti.