O‘zbekistonga Rossiyadan 20 ming tonna shakar keltirildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishPogruzka saxara
Pogruzka saxara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya kompaniyalari shakar ishlab chiqarish hajmi keragidan ortiq ko‘payib ketganligi sababli eksport narxlari kamaytirildi. Shu yil yakuniga qadar O‘zbekistonga 150 ming tonna shakar yetkaziladi

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. "O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi Rossiyadan shakar import qilish bo‘yicha shartnomalarni imzoladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonga 20 ming tonna shakar keltirildi.

Saxarniy pesok - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekoziqovqatxolding”: shakar 5000 so‘mdan oshmagan narxda sotiladi

"Hukumat topshiriqlari asosida Rossiyadan shakar import qilish bo‘yicha bir nechta kompaniyalar bilan shartnomalar imzolandi. Respublikaga 20 ming tonna shakar yetkazilishi ta’minlandi", — deb ma’lum qildi RIA Novostiga xolding vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yil noyabr-dekabr oylarida O‘zbekiston iste’mol bozori shakarga bo‘lgan ehtiyoj 150 ming tonnani tashkil qiladi. Bugun Rossiya narxlari arzon va logistika bo‘yicha boshqa yetkazuvchilarga qaraganda qulay.

"Rossiyada shakar keragidan ortiq ishlab chiqarildi… va uning narxi tushirilishi Rossiya kompaniyalarining takliflari biz uchun juda qulay. Bundan foydalanish mumkin", — deya ta’kidladi xolding vakili.

Shuningdek, kompaniyada Braziliyadan shakar xom ashyosini xarid qilishni istisno qilmadi, "agarda narxlari arzon bo‘lsa".

"Rusagro" ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya shakarini yetkazib berish eng manfaatli yo‘nalish — Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O‘zbekiston hisoblanadi. Guruh bosh direktori Maksim Basov so‘zlariga ko‘ra, agarda Rossiya 0,5 million tonnadan ortiq shakar ishlab chiqarilsa, uning hammasi O‘zbekistonga jo‘natiladi.

Saxarniy pesok - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga olib kiriladigan shakar import boji va aksiz solig‘idan ozod qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z qarori bilan 15-sentabrdan mamlakatga keltiriladigan shakarni import boji va aksiz solig‘i stavkalarini umuman bekor qilgandi. Undan avval, 2000-yillar boshidan 30 foizlik stavka qo‘llanilgan.

Rasmiy statistika ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda shakarga bo‘lgan yillik ehtiyoj — 700 ming tonnani tashkil qiladi. 1998-yilda birinchi Xorazmda "Xorazm-shakar" zavodi ish faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi. Ushbu zavod bir sutkada 1 ming tonna shakar ishlab chiqarish quvvatiga ega.

2014 yil yakunida Toshkent viloyatida "Angren Shakar" MChJ XK shakar zavodi ishga tushirilgan.

Ushbu ikkita zavod ichki bozor ehtiyojini to‘liq qondirish ko‘zda tutilgan edi. Lekin import qilinadigan shakar xom ashyo narxi qimmatligi sababli bugungi kunda zavodlar to‘liq quvvatda ishlamayapti.

Yangiliklar lentasi
0