Akmal Saidov: Butun dunyo O‘zbekiston singari bag‘rikeng bo‘lishini xohlayman

© Press-slujba Upravleniya Musulman UzbekistanaAkmal Saidov
Akmal Saidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun butun dunyoda xalqaro bag‘rikenglik kuni nishonlandi. Shu munosabat bilan Toshkent islom universitetida "Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik — jamiyat barqarorligi garovi” mavzuyida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 16 noya — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bag‘rikenglik holati Markaziy Osiyo davlatlarida va butun dunyoda O‘zbekistondagi singari bo‘lishini xohlayman, dedi payshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Islom universitetida o‘tkazilgan bag‘rikenglik mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada.

Mitropolit Vikentiy – Mitropolit russkoy pravoslavnoy serkvi Tashkentskoy yeparxii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek xalqi butun dunyoga o‘rnak bo‘lishi mumkin - mitropolit Vikentiy
Akmal Saidov o‘z nutqi avvalida tadbir ishtirokchilariga YuNESKO tomonidan 1995-yilda qabul qilingan bag‘rikenglik deklaratsiyasi tashabbuskorlaridan biri O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bo‘lganligini eslatib o‘tdi.

"1995 yilning 16-noyabr sanasida Parij shahridagi YuNESKO shtab-kvartirasida bo‘lgan bu voqea. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov ushbu deklaratsiya qabul qilinishi tashabbuskorlaridan biri bo‘lganlar. U kishi YuNESKO Ijroiya qo‘mitasida qilgan chiqishi vaqtida: "Nega O‘zbekiston ushbu deklaratsiya qabul qilinishi tashabbuskori bo‘lib chiqmoqda? Chunki O‘zbekiston — tarixan bag‘rikeng davlat. Ko‘p millat va elatli yurtimizda turli diniy konfessiya vakillari ahil-inoq yashab, ular o‘z diniy bayramlari va e’tiqod amallarini emin-erkin ado etmoqda.

O‘zbekiston turfa madaniyatlar va tamaddunlarga hamisha ochiq bo‘lgan. O‘zbekistonda har doim turli tillarda so‘zlashib kelingan.

O‘zbekiston Buyuk Ipak Yo‘li chorrahasida joylashgan va bag‘rikenglik bu davlatga tarixan xos. Bag‘rikenglik — O‘zbekistonning tashrif qog‘ozidir. Shu bois ham bu tashabbusni biz qo‘llab quvvatlaymiz, degan edilar".

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev BMTda diniy bag‘rikenglik to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilish taklifini kiritdi
Akmal Saidov shundan so‘ng O‘zbekistonning hozirgi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan turli islohotlar, shuningdek, diniy sohaga berilayotgan e’tibor, bu sohada amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.

O‘zbekiston prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ma’rifat va diniy bag‘rikenglik, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus deklaratsiya hamda Yoshlar huquqi bo‘yicha xalqaro konvensiyalarni qabul qilish borasidagi takliflar bilan chiqqanini eslatib o‘tib, Mirziyoyevning bu tashabbuslari dunyo mamlakatlari rahbarlari va ekspetrlar tomonidan ijobiy qabul qilinganini qo‘shimcha qildi.

"O‘zbekistondagi ayni vaqtdagi bag‘rikenglik holatini avaylash, qadrlash zarur, Markaziy Osiyodagi mamlakatlarda va butun dunyoda bag‘rikenglik holati O‘zbekistonda singari bo‘lishini xohlardim", — dedi o‘z nutqi yakunida Saidov.

Yangiliklar lentasi
0